So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  7 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  2 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Prevyu. "Buxoro" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Metallurg"

Edgar Gess boshchiligidagi "Buxoro" klubi o'z uyida Rustam Mirsodiqov boshqarayotgan "Metallurg" klubini qabul qiladi.
BUXORO – METALLURG
5 aprel. Buxoro. “Buxoro” stadion. 16:30
Hakamlar:
M.Ismoilov, N.Ro'zimov, O.Abduvasilov, N.Qosimov
Nazoratchi: A.Hotamov.

“Buxoro” hamda “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 30 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 15ta o'yinda g'alaba qozongan. 12ta uchrashuvda “Buxoro”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 3 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 41:40. “Metallurg” o'zaro o'yinlarda 48 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:0.

2013 yil birinchi davradagi uchrashuv “Metallurg” maydonida bo'lib o'tgan, unda mezbonlar zafar quchishgan. SHahzodbek Nurmatov va Dilmurod Karimovning gollariga bu yil “Navbahor”ga ko'chib o'tgan Alisher Mahmudov penaltidan javob bergandi. “Buxoro” maydonida tashkil etilgan bahsda hisobni bekobodliklar ochishgandi. Sardor Rasulov birinchi bo'limda gol urgandi. Ikkinchi bo'limda Bahodir Pardaev (2ta) va Aleksey Nikolaev raqib darvozasiga to'p kiritib “Buxoro”ning irodali g'alabasini taminlashgan – 3:1.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
10.08.2013 Buxoro - Metallurg 3:1
14.09.2012 Buxoro - Metallurg 2:0
15.06.2011 Buxoro - Metallurg 2:1
04.04.2009 Buxoro - Metallurg 0:0
08.11.2008 Buxoro - Metallurg 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Buxoroda bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” faqat bir marta g'alaba qozona olgan (2008 yil). Ikkita o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, qolgan 12ta bahsda “Buxoro” o'z uyida g'olib chiqqan. So'nggi uch mavsumda “Buxoro” o'z uyida g'alabaga erishganini takidlash lozim.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика