So’nggi yangiliklar

08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  0 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  2 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  11

PREVYU. "Bunyodkor" - "SHo'rtan" Yangiliklar

PREVYU. "Bunyodkor" - "SHo'rtan"

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda "Bunyodkor" "SHo'rtan"ni qabul qiladi.
“BUNYODKOR” – “SHO'RTAN”
6 iyul 2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 20:00
Bosh hakam:
Rustam Bobomurodov (Navoiy), Rishat Nugmonov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent), Jasur Muhtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)

“Bunyodkor” va “SHo'rtan” oliy ligada jami 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 10ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. Bitta uchrashuvda esa “SHo'rtan” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Bunyodkor” oldinda – 29: 2. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 33 ochkoni, “SHo'rtan” esa 6 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0 ga teng. “SHo'rtan”da bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil “SHo'rtan” oliy ligada o'ynamagan. 2013 yilda Toshkentdagi o'yin taqdirini bitta gol hal qilgan. Javlon Ibragimov 88-daqiqada mehmonlar darvozasini ishg'ol qilgandi – 1:0. G'uzorda esa tomonlar gol ura olishmagandi – 0:0. Uchrashuv davomida Oleksandr Pishur penaltidan to'p kirita olmagandi.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:
26.05.2013 Bunyodkor - SHo'rtan 1:0
09.04.2012 Bunyodkor - SHo'rtan 3:0
09.04.2011 Bunyodkor - SHo'rtan 2:0
03.04.2010 Bunyodkor - SHo'rtan 1:1
25.07.2009 Bunyodkor - SHo'rtan 5:0
16.05.2008 Bunyodkor - SHo'rtan 7:0
04.09.2007 Bunyodkor - SHo'rtan 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Toshkentda 7ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 6tasida Bunyodkor g'olib chiqqan. Bitta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. G'uzor klubi Toshkentda bu jamoani umuman mag'lub eta olmagan. Toshkentdagi oxirgi 3ta o'yinda “SHo'rtan” safarda gol ham ura olmagan. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика