So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  7 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Prevyu. "Bunyodkor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Paxtakor"

Bugun oliy liganing 7-turidan o'rin olgan markaziy o'yinda "Bunyodkor" va "Paxtakor" klublari to'qnash kelishadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent)
29 aprel 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

“Bunyodkor” va “Paxtakor” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar esa “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 6ta o'yinda g'alaba qozongan. “Paxtakor” bugunga qadar oliy ligada “Bunyodkor”ni to'rt marta marta mag'lub eta olgan. 8ta uchrashuv durang hisobida tugagan. “Bunyodkor” shu kungacha 20ta gol kiritgan, “Paxtakor” esa “qaldirg'ochlar” darvozasiga bugunga qadar 16 bor to'p kirita olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 26 ochko ishlab olgan bo'lsa, “sherlar”da ushbu ko'rsatkich 20ga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Paxtakor" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 2:0 ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi – 3:1.

2015 yil 11-turda "Paxtakor" mezbon bo'lgan uchrashuvda Igor Sergeev tomonidan urilgan yagona gol "sherlar"ga derbida 3 ochko keltirgandi - 1:0. “Bunyodkor” maydonida esa “qaldirg'ochlar” 2:0 hisobida zafar quchishgan. Akmal SHorahmedov va Dostonbek Hamdamov “sherlar” darvozasini ishg'ol qilishgandi.

“Bunyodkor” uyida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.10.2015 Bunyodkor - Paxtakor 2:0
07.11.2014 Bunyodkor - Paxtakor 2:3
10.08.2013 Bunyodkor - Paxtakor 1:2
26.06.2012 Bunyodkor - Paxtakor 2:0
21.08.2011 Bunyodkor - Paxtakor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: SHu kungacha “Bunyodkor” uyida bo'lib o'tgan 9ta o'yinda 2 marta durang natijasi qayd etilgan. “Bunyodkor” hisobida 5ta, “Paxtakor”da 2ta g'alaba g'alaba bor. “Qaldirg'ochlar” o'z maydonlaridagi barcha o'yinlarda bu raqib darvozasiga kamida bitta gol ura olishgan.
 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика