So’nggi yangiliklar

23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  0 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5

Prevyu. "Bunyodkor" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Andijon"

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va "Andijon" klublari o'zaro to'qnash kelishadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Andijon (Andijon)
31 oktyabr 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

Bu ikki klub o'zaro 15 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 12ta o'yinda g'oliblik nashidasini surishgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” o'z tarixida bu raqibni umuman enga olmagan. To'p kiritish borasida ham ustunlik o'z-o'zidan “Bunyodkor” tomonida – 26:3. O'zaro o'ynlarda “Bunyodkor” 39 ochkoni qo'lga kiritgan. “Andijon” esa hozirgacha 3 ochko ishlab olgan.

“Bunyodkor”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Andijon” hisobida g'alaba yo'qligni aytib o'tdik.

Birinchi davrada Andijonda o'tgan o'yinda “Bunyodkor” g'alaba qozongan. Sato Minori birinchi bo'limda, Dostonbek Hamdamov ikkinchi bo'limda “burgutlar” darvozasiga to'p kiritib “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgan – 2:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014 Bunyodkor - Andijon 2:0
04.08.2012 Bunyodkor - Andijon 0:0
25.04.2011 Bunyodkor - Andijon 3:1
22.05.2010 Bunyodkor - Andijon 1:0
13.09.2009 Bunyodkor - Andijon 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” Toshkentda o'tgan o'yinlarda 6 marta g'alabaga erishgan. “Burgutlar” bu raqib maydonidan faqat bir bor (2012 yil) durang bilan qaytgan. “Andijon” safarda “Bunyodkor” darvozasiga bitta gol urgan.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика