So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Press klub raisi O'FF bosh kotibiga ramziy manodagi muxlislar ishonchini sovg'a qildi (foto) Yangiliklar

Press klub raisi O'FF bosh kotibiga ramziy manodagi muxlislar ishonchini sovg'a qildi (foto)

Ayni damda O'zbekiston telekanalida mamlakat sport sohasiga bag'ishlangan Xalqaro Press-klubining navbatdagi sessiyasi namoyish etilmoqda.

Ushbu sessiyada ishtirok etayotgan O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev sentyabr oyida mamlakat futbolida o'zgarishlar bo'lishini aytdi:

- Avvalam bor JCH-2018 yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan O'zbekiston terma jamoasi haqida gapirmoqchiman. Ha, xatolar bor, ammo bizda mundialga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyati bor. Bugungi kunda mamlakat futbol federaciyasi va murabbiylar shtabi ushbu vazifani bajarish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Murabbiylar shtabidagi yoki O'FFdagi istefolar haqida to'xtaladigan bo'lsak, ijro qo'mitasi buyurosi murabbiylar shtabiga ishini oxirigacha bajarishga imkon berdi. Sentyabr oyida hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston futbol federaciyasining yangi tarkibi tanlanadi. O'zbekistonda futbolni rivojlantirish tizimining yangi koncepciyasi ishlab chiqildi va bu konferenciyada koncepciya tasdiqlanadi. Yangi tuzilma, yangi boshqaruv tarkibi, PFLda o'zgarishlar, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish. Bu programma 2017-2020 yillarga mo'ljallangan. Bizda nafaqat kattalar terma jamoasi, balki yoshlar va o'smirlar terma jamoasi ham turli turnirlarga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi mavzusiga qaytadigan bo'lsak, natija uchun faqatgina bosh murabbiy emas, balki O'FF ham javob beradi.

Xalqaro Press-klubi raisi SHerzodxon Qudratxodjaev muxlis taqdim etgan sharni O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaevga topshirdi. SHarga "ishonch" so'zi yozilgan edi.


Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика