So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  1 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

Premer-liga bosh murabbiylari urush qo'mondonlariga aylanganda (fotogalereya) Yangiliklar

Premer-liga bosh murabbiylari urush qo'mondonlariga aylanganda (fotogalereya)

Italiyalik Pupuzzaro grafik dizayner ingliz Premer-ligasi bosh murabbiylarining juda chiroyli tarixiy suratlarini taqdim etdi.


Slaven Bilich - janglarda ko'p askarini yo'qotib, g'alaba qozonadigan qo'mondon. Har doim ham uning himoya qo'rg'oni dushman hujumlariga dosh beravermaydi.



Antonio Konte - qalalarni himoya qilishda unga teng keladigani yo'q. Uning taktikasi ishonchli himoya va qarshi hujum.



Aleks Fergyuson - jangning oxirigacha g'alaba uchun kurashadigan qo'mondon. Ushbu inson urushlarda ko'plab tarixiy g'alabalarga erishgan afsona hisoblanadi.



Xosep Gvardiola - ispancha hujum taktikasini xush ko'ruvchi daho. U Olmoniya va ingliz yurtida ham muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirgan kamdan-kam generallarning biridir.



Yurgen Klopp - eng agressiv qo'shin qo'mondoni. Ushbu inson askarlari ishtirok etgan janglarda dushman taraf yanchib tashlanadi.



Joze Mourino - eng yirik urushlarda kuchsiz hisoblangan qo'shin bilan katta g'alabalarga erishgan general. Butun Evropa undan hayqib turadi.



Maurisio Pochettino - qo'l ostidagi askarlardan qanday foydalanishni yaxshi biladigan iqtidorli qo'mondon. Uning qo'shinlarida asosan yosh askarlar xizmat qiladi.



Klaudio Raneri - ingliz erlarini zabt etgan italiyalik general. Uning ayyorona yurishlari dushmanlarni ko'p marotaba dovdiratib qo'ygan.



Arsen Venger - hech qachon o'z erlarini birovga berib qo'ymaydigan franciyalik qo'mondon. Uning askarlari ko'p jarohat olishadi, ammo generalning 4 ta qalasi doimo to'pchilar himoyasida.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика