So’nggi yangiliklar

20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:25Ўзбекистон — Ўмон 0:1 (Матнли трансляция)  108 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  26 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 18:19"Ал Наср" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев Лига кубоги учун ўйинда асосий таркибда  2 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  10 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0 13:31"Бавария" Жексонни 65 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқи билан 15 млн еврога ижарага олади. Мюнхенликлар "Челси" билан келишиб олди  3

Portugaliya. 7-tur yakunlari. "Portu"ni mag'lub etgan "Benfika" peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

Portugaliya. 7-tur yakunlari. "Portu"ni mag'lub etgan "Benfika" peshqadam bo'lib oldi

Dam olish kunlari Portugaliyada 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

championat.asia mazkur tur yakunlarini taqdim etadi.

Bu turda muxlislar chempionatning eng markaziy uchrashuvlaridan biriga guvohi bo'lishdi.

Lissabondagi "Eshtadiu da Luj" stadionida "Benfika" va "Portu" klublari to'qnash kelishdi. Qiziqarli va keskin o'tgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. "Benfika"ning shveycariyalik hujumchisi Xaris Seferovich 62-daqiqada Iker Kasilyas qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0. Aslida Seferovich birinchi taym oxiridayoq hisobni ochishi mumkin edi, biroq uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Uchrashuv davomida "Benfika" raqibidan ko'ra ko'proq golli vaziyatlar yaratdi. Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida bosh hakam "burgutlar" himoyachisi Kristian Lemani maydondan chetlatdi. Sondagi ustunlikdan "Portu" foydalana olmadi va mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. "Benfika" esa peshqadam "Braga"ga ochkolar bo'yicha etib oldi va to'plar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa chiqdi.



"Braga" bu turni o'z uyida "Rui Avi"ga qarshi o'tkazdi. Kuchli uchlikka kirish uchun kurashayotgan mehmonlar mazkur bahsda "Braga"dan ikki ochko tortib olishning uddasidan chiqishdi - 1:1. So'nggi daqiqalarda maydon egalari hujumchisi Rikardu Esgayu qizil kartochka olib maydonni tark etdi.


PORTUGALIYA. 7-TUR JUFTLIKLARI
5 oktyabr
 TONDELA - NASONAL 1:1
Gollar: 
David Brunu, 62 (1:0). Kalindi, 65 (1:1).

SANTA-KLARA - SHAVISH 1:0
Gol: 
Fernando, 73 (1:0).

FEYRENSI - BELENENSISH 0:0

6 oktyabr
 SETUBAL - MOREYRENSE 3:0
Gollar:
Xildebertu, 35 (1:0). Xildebertu, 71 - penalti (2:0). Xildebertu, 85 (3:0).
 
MARITIMU - GIMARAYNSH 1:3
Gollar
: Gedesh, 11 (0:1). Gedesh, 69 (0:2). Andre, 80 - penalti (0:3). Korrea, 90+2 (1:3).

BRAGA - RIU AVI 1:1
Gollar:  
Orta, 28 (1:0). Dala, 34 (1:1).

7 oktyabr
BOAVISHTA - AVESH 1:0
Gol:
Bruno Gomes, 71 - avtogol (1:0).

PORTIMONENSI - SPORTING 4:2
Gollar: 
Manafa, 30 (1:0). Nakadzima, 44 (2:0). Montero, 64 (2:1). Nakadzima, 82 (3:1). Koates, 88 (3:2). Karlos, 90+3 (4:2).

BENFIKA - PORTU
Gol: 
Seferovich, 62 (1:0).
Benfika: Vlaxodimos — Almeyda, Lema, Diash, Grimaldo — Salvio, Picci (Semedo, 82), Feysa, Servi (Silva, 59 — Gabriel, Seferovich (Samaris, 90).
Portu: Kasilyas — Pereyra, Militao, Felipe, Telles — Otavio (Oliveyro, 52), Errera, Pereyra (Korona, 70), Braimi — Soares (Pereyra), Marega.
Ogohlantirishlar: Grimaldo, Lema, Silva — Kasilya, Otavio, Pereyra, Errera, Braimi
CHetlatish: Lema (2SK) 82


TAS-IX

 


TAS-IX emas






PORTUGALIYA CHEMPIONATI. 
MUSOBAQA JADVALI


PORTUGALIYA CHEMPIONATI. TO'PURARLAR POYGASI

5    

Diego Souza (Braga)

4    
Vensan Abubakar (Portu)
Syoya Nakadzima (Portimonensi)
Rikardu Orta (Braga)
Uilson Eduardu (Braga)
Luish Picci (Benfika)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика