"Bavariya" Jeksonni 65 mln evroga sotib olish huquqi bilan 15 mln evroga ijaraga oladi. Myunxenliklar "Chelsi" bilan kelishib oldi
30 avg 13:31
Yangiliklar
"Bavariya" Jeksonni 65 mln evroga sotib olish huquqi bilan 15 mln evroga ijaraga oladi. Myunxenliklar "Chelsi" bilan kelishib oldi
Nikolas Jekson "Chelsi"dan "Bavariya"ga o'tmoqda.
Myunxenliklar ingliz jamoasi bilan 24 yoshli hujumchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
"Bavariya" forvardni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oladi.
Nemis klubi futbolchining ijarasi uchun 15 million evro to'laydi, sotib olish bandi esa 65 million evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, "Bavariya" agar sotib olish bandini faollashtirsa, "Chelsi" hujumchining keyingi sotuvidan foiz oladi.
Nikolas Jekson o'tgan mavsum APLning 30 o'yinida 10 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 9
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar