Portugaliya 2019 yilda Millatlar Ligasining final bosqichiga mezbonlik qiladi
18 noy 2018 07:25
Yangiliklar


Portugaliya 2019 yilda Millatlar Ligasining final bosqichiga mezbonlik qiladi
Milanda o'tgan Italiya- Portugaliya (0:0) uchrashuvida hisob ochilmadi.
Natijada Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi turnirida birinchi bo'lib pley-off bosqichiga yo'l oldi. Reglamentga muvofiq kelgusi yili iyun oyida o'tkaziladigan turnirning final bosqichiga ham aynan Ronaldu vatandoshlari mezbonlik qilishadi.
UEFA ijroqumi 3 dekabr kuni Dublinda o'tkaziladigan yig'ilishda Portugaliyani turnir mezboni sifatida rasman tasdiqlashi kutilmoqda. SHu kuni musobaqaning final bosqichiga ham qura tashlanishi ko'zda tutilgan.
Millatlar ligasi musobaqasining final bosqichi 5-9 iyun kunlari Portugaliyada bo'lib o'tadi. Mezbonlar bellashuvlar uchun tashkiliy qo'mitaga ikkita stadion “Dragau” (Portu) va “Afonsu Enrikesh” (Gimaraynsh) taklif qilishmoqda.
O’xshash yangiliklar
01:52
Konferenciyalar ligasi saralashi. "Kristal Pelas" ilk o'yinda o'z maydonida kichik g'alaba qayd etdi 1

Fikrlar