So’nggi yangiliklar

17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  0 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  0 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  4 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0

Pol Le Guen: “Biz raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildik” Yangiliklar

Pol Le Guen: “Biz raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildik”

O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan birinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Pol Le Guenning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
“Biz bugun chiroyli o'yin guvohi bo'ldik. O'zbekiston terma jamoasi bir nechta xavfli vaziyatlarni yarata oldi, biroq darvozabonimiz yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun gol o'tkazib yubormadik. Men shogirdlarimning harakatidan qoniqdim, qolaversa maydonda raqibga nisbatan yaxshiroq ko'rindik”.

“Asosiy darvozabonimiz Ali Al Habsining maydonga tushmagani sababi ikkinchi darvozabonga imkoniyat berdim va u ishonchni oqladi. Bu esa raqobatni yuzaga keltirishi turgan gap. Lekin shunga qaramay, bizda asosiy posbon Al Habsi hisoblanadi va bu borada hech qanday savol bo'lishi mumkin emas”.

“O'zbekiston termasi haqida nima deyishim mumkin? Ularning o'yini menga yoqdi, futbolchilar kombinacion futbol o'ynashga harakat qilishdi, biroq bu har doim ham o'xshamaydi. Qolaversa, biz himoyada ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Oldinda yana bir o'rtoqlik uchrashuvi bor va shu o'yinda ham ijobiy natijani qayd etishga harakat qilamiz”.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика