Pochettino Lukakuning "CHelsi"ga qaytishi kerakligini aytdi
08 iyu 2023 00:29
Yangiliklar
Pochettino Lukakuning "CHelsi"ga qaytishi kerakligini aytdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Romelu Lukaku 12-13 iyul kunlari jamoaga qaytishi kerakligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida o'ynagan "Inter"da qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Romelu 12-13 iyul kunlari qaytib, mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashi kerak. Birinchidan, u mening xonamga kelib, salom-alik qilishi kerak. Agar u o'zini hamon "CHelsi" futbolchisi deb hisoblasa, buni amalga oshirishi kerak", dedi Pochettino matbuot anjumanida.
Lukaku o'tgan mavsum A Seriyada 10 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar