Pochettino: “Hozir Vengerdek bo'lish judayam qiyin”
10 fev 2018 02:01
Yangiliklar
Pochettino: “Hozir Vengerdek bo'lish judayam qiyin”
“Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan “to'pchilar” ustozi Arsen Vengerning ko'p yillik faoliyatiga to'xtalib o'tdi.
“Hozir Vengerdek bo'lish juda qiyn. Bunga turli xil sabablar bor. Biz klubni deyarli hammani boshqarish imkoniga ega bo'lgan so'ngg murabbiy haqida gapirmoqdamiz. Klub egalari o'zgardi. Ilgari Angliya chempionati futbol gultoji edi. CHempionat qiziqarli, insonlarga, murabbiylarga hurmat yuqori edi. Bu narsalar besh yilcha ilgari men “Sautgempton”ga kelganimda ham bor edi. Ammo hozir ko'p narsa, shu jumladan rahbarlar ham o'zgardi.
Angliya futboli taraqqiyot sari intilib, Lotin Amerikasi madaniyati bilan boyidi. SHu sabab so'nggi yillarda Angliya futbolida sodir bo'lgan holatlar boshqa davlatlarda ham kuzatilmoqda”, deya argentinalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN FC.
Fikrlar