So’nggi yangiliklar

21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  51 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  16 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13

Piter Xyuistra: "Bizdan oldingi o'yinda qo'pollik hech kimga ko'rinmagandi, lekin bizga kelganda darrov VARni eslab qolishdi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Bizdan oldingi o'yinda qo'pollik hech kimga ko'rinmagandi, lekin bizga kelganda darrov VARni eslab qolishdi"

OCHL 1/4 finalida "Paxtakor" Eronning "Persepolis" klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etib quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- O'yinni yaxshi boshladik. Hammasi biz kutgandek ketayotgandi, biroq kutilmaganda futbolchimiz qizil kartochka olib rejalarimiz o'zgarib ketdi. Bir kishi kam bo'lib qolishimizga qaramay oxirigacha kurashdik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. O'ylaymanki, Osiyo chempionlar ligasida o'zimizni ko'rsata oldik. Afsus, chorak finalda musobaqa bilan xayrlashyapmiz, lekin bu jamoa kelajakda ko'p narsaga qodir deya olaman.


- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat bo'yicha fikringiz? 

- Men o'sha vaziyatni to'liq ko'ra olmadim. Lekin VAR yordamida hakam qaror chiqarib "sariq"ni "qizil"ga o'zgartirdi va futbolchimizni chetlatdi. Faqat shuni aytishim mumkin, xolos.


- O'yindan so'ng Masharipov bilan gaplashdingizmi? 

- U juda xafa. Nihoyatda tushkun kayfiyatda va jamoaga yordam bera olmaganidan xafa. Albatta, Masharipov chetlatilishini hech kim kutmagandi. Lekin men bir jihatga etiboringizni qaratmoqchiman, bizdan oldin shu stadionda "Al Nassr" - "Al Ahli" uchrashuvi o'tkazildi va unda ham VAR ko'rib chiqsa bo'ladigan qo'pollik kuzatildi. Lekin negadir hech kim miq etmadi. Ammo bizning futbolchimiz shunday qo'pollik qilganida darhol o'yinni to'xtatib VARga murojaat qilishdi. Natijada VARdan foydalanish bizda ikki xil taassurot uyg'otdi. Yani, bu texnologiya kimga qanaqa ekandek tuyulyapti. 


- Ikkinchi taymda Hojimat Erkinov maydonga tushib jamoaga ancha yordam berdi. Uni oldinroq tushirish imkoni bormidi? Va uning o'yiniga qanday baho berasiz? 

- Biz Hojimatni anchadan beri bilamiz. Uni bekorga ijaradan qaytarib olmadik. Biz bu futbolchiga ishonamiz. Ikkinchi taymda uni maydonga tushirdik va o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etdi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика