Pishurning o'g'li "Jirona"ga o'tmoqda
22 jan 16:36
Yangiliklar
Pishurning o'g'li "Jirona"ga o'tmoqda
Insayder Fabricio Romano malumotlariga qaraganda, "Jirona" 20 yoshli ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Vengriya jamoasi hujumchini sotish orqali 1 mln evro daromad qiladi.

Oleksandr Pishur 2025 yilning fevral oyida 150 ming evro evaziga "Dirmot"dan "Dor" jamoasiga o'tgandi.
Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pishurning bozordagi narxini 250 ming evro deb baholamoqda.
Kichik Pishur o'tgan yili U-20 Jahon chempionatida ham qatnashgan va 1 ta gol urgandi. Ukraina yoshlari mundialda guruhdan chiqqan va pley-offda Ispaniyadan engilgan edi.
Malumot o'rnida, u 2013-14 yillarda "Bunyodkor", 2016 yil "Navbahor", 2017 yil esa "Sho'rtan"da to'p tepgan hujumchi Oleksandr Pishurning o'g'li sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar