Pirlo faoliyatini yakunladi, u bugun muxlislar bilan xayrlashdi
06 noy 2017 22:38
Yangiliklar
Pirlo faoliyatini yakunladi, u bugun muxlislar bilan xayrlashdi
Bugun italiyalik afsonaviy futbolchi Andrea Pirlo 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Yarim himoyachi bu haqda o'zining “Tvitter”dagi sahifasida xabar qoldirdi.
“MLS chempionatidagi so'nggi o'yinim. “Nyu-York Siti”dagi faoliyatim deyarli yakuniga etib keldi. SHu bois, jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda muxlislarga bir necha yillik hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hammasi uchun rahmat”, - dedi Pirlo.
Malumot uchun, “Milan” va “Yuventus” klublarining sobiq futbolchisi “Nyu-York Siti” jamoasi safiga 2015 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Andrea Italiya terma jamoasi safida 116 ta o'yinda maydonga tushgan. Olti bor A Seriya chempioniga aylangan. Ikki marotaba ECHLda bosh mukofot sohibi bo'lgan. 2006 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar