Pike, Buskets va Alba "Barsa"da navbatdagi maoshlar qisqarishiga qarshi. Ular allaqachon ikki bor bunga rozi bo'lishgan
04 iyu 2022 17:38
Yangiliklar
Pike, Buskets va Alba "Barsa"da navbatdagi maoshlar qisqarishiga qarshi. Ular allaqachon ikki bor bunga rozi bo'lishgan
"Barselona" sardorlari maoshlarning yana kamayishiga qarshi.
Oldinroq, "ko'k-anorranglilar" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun qishda kelgan va yaqinda shartnomasini uzaytirganlardan tashqari barcha o'yinchilarning maoshini 50%ga tushirmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
Jamoa sardorlari Serxio Buskets, Jerar Pike va Jordi Alba bunday chora-tadbirlarga qarshi. Ular oldin ham ikki bor bunga rozi bo'lishgan va endi maoshlarning yana qisqarishi ular uchun emas deb hisoblashmoqda.
Agar "Barsa" rahbariyati maoshlarni tushirish borasida ushbu o'yinchilarga murojaat qilsa, ular buni rad etishadi.
50 foiz maosh qisqarishi bilan shartnomasini uzaytirgan to'rtinchi sardor Serji Robertoning bu boradagi poziciyasi hozircha nomalum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar