So’nggi yangiliklar

01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0 (матнли трансляция)  42 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  4 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  15 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  15 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

PFL yangi rahbari kim bo'lishi kerak? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

PFL yangi rahbari kim bo'lishi kerak? (So'rovnoma yakunlari)

Teglar :  PFL So'rovnoma
1 sentyabr kuni Telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ygandik.

So'rovnoma "Sizningcha, PFL yangi rahbari kim bo'lishi kerak?" mavzusida bo'lib, oltita variantni keltirgandik. Bugun so'rovnoma yakunlarini elon qilamiz. 

So'rovnomada to'rt kun ichida 21 mingdan ziyod o'quvchi o'ziga maqul kelgan variantni tanlagan. Eng ko'p ovozni Ulug'bek Mirzaev to'pladi. So'rovnoma ishtirokchilarining 51 foizi, yani 10,905 kishi aynan Ulug'bek Mirzaev PFL rahbari bo'lishi kerak variantini belgilagan. Malumki, Ulug'bek Abdusattorovich bungacha "Bunyodkor" futbol klubi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

"Diyorni qaytarish kerak" degan variant 19 foiz ovoz bilan ikkinchi bo'ldi. 3,968 muxlis aynan Diyorning o'zi maqul degan variantda to'xtalgan. Bizga malum bo'lishicha, Diyor Imomxo'jaev hozirgi kunda ham PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelyapti.

Bugungi kunda Qatarda faoliyat olib borayotgan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev 16 foiz ovoz bilan uchinchi bo'ldi. Alisher Fayzullaevichga 3,359 muxlis ovoz bergan. Lekin Nikimbaevning O'zbekistonga qaytib PFL bosh direktori bo'lishi amalga oshishi juda qiyin ish bo'lsa kerak degan taxmindamiz. 

9 foiz ishtirokchi, yani 2,026 muxlis esa "Evropadan mutaxassis kerak" degan variantni belgilashgan. Kim biladi deysiz, balki bizga ham xuddi Qatardagi kabi PFLni xorijlik kuchli mutaxassis boshqarishi kerakmikin...

So'rovnomada keyingi, yani to'rtinchi o'rinni olgan PFL sobiq rahbari Farhod Magometov bo'ldi. Magometov 640 ovoz bilan 3 foizlik ko'rsatkich qayd etdi. Va nihoyat 2 foiz bilan oxirgi o'rinni Murod Aliev egalladi. Malumki, Murod Aliev bugungi kunda AGMK futbol klubida faoliyat olib boryapti. Ushbu mutaxassisning ham nomzodi ilgari surilgandi, biroq nimadir bo'lib ish to'xtab qoldi. Murod Boqievich 418ta ovoz to'pladi. 

P.S. PFL rahbariyatida o'zgarish bo'ladimi? Hozircha bir narsa deyish qiyin, Faqat eshitganimiz shuki, shu oy o'rtalarida PFL bosh direktori lavozimiga saylov bo'lishi kutilyapti va yangi rahbarni klublar saylar ekan.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика