So’nggi yangiliklar

09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  0 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  0 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  9 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  68 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1

PFL Surxon va Andijonni jazoladi Yangiliklar

PFL Surxon va Andijonni jazoladi

Teglar :  SurxonAndijon
Birinchi liganing Surxon (Termiz) va Andijon (Andijon) klublariga nisbatan tartib-intizomiy choralar qo'llanildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

Birinchi liganing 13-turida bu jamoalar o'rtasidagi Termizda o'tgan o'yin 2:2 hisobida tugagandi. Bahsning 90+4-daqiqasida ikkala jamoadan 4 nafardan futbolchi chetlatildi. Bundan tashqari Surxon shifokori ham chetlatilgandi.

O'zbekiston chempionati Reglamentining Tartib-intizom kodeksi

5 modda, 2 bo'lim, 5.40 bandi (Futbol maydoni yoki uning hududida stadionda tartibsizliklar keltirib chiqarishga sabab bo'luvchi harakatlarni amalga oshirish) va

5 modda, 2 bo'lim, 5.37 bandini (Reglament bo'yicha belgilab qo'yilgan talab va shartlarni qo'pol ravishda buzish) bo'yicha Surxon (Termiz) va Andijon (Andijon) klublari jazolandi.

Agar bu holat yana takrorlansa Surxon va Andijon klublariga yanada jiddiyroq jazo qo'llaniladi.


Reglament bo'yicha bu bandlarni buzgani uchun klublarga quyidagi jazolar qo'llaniladi:

a) ogohlantirish;
b) Oliy liga, birinchi liga, O'zbekiston kubogi o'yinlarini o'tkazishda rasmiy majburiyatlarni bajarishdan diskvalifikaciya qilish yoki malum muddatga futboldan chetlatish;
v) jarima - 10 000 000 so'm;
g) murabbiy licenziyasini qaytarib olish;
d) Har qanday futbol faoliyatidan nomalum muddatga chetlatish.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика