So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  12 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

PFL: Respublika Maxsus Komissiyasining mazkur qarori futbolimiz jamoatchiligi uchun juda quvonchli xabar bo'ldi Yangiliklar

PFL: Respublika Maxsus Komissiyasining mazkur qarori futbolimiz jamoatchiligi uchun juda quvonchli xabar bo'ldi

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko'plab mamlakatlari qatori O'zbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati to'xtatilgan edi.

O'zPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish bo'yicha o'z rejalarini ishlab chiqqani va buni Superliga klublari bosh murabbiylari bilan muhokama qilgani haqida oldinroq xabar bergan edik.

Bugun Respublika Maxsus Komissiyasi axboroti elon qilindi va Sog'liqni saqlash vazirligi, AOKA, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan Telegram kanalida professional futbol klublariga o'z o'quv mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashga ruxsat etilgani malum qilindi.

Axborotda, shuningdek, futbol uchrashuvlarini 5 iyundan boshlab davom ettirish mumkinligi ko'rsatib o'tilgan.

O'zPFL bunga qadar Superliga o'yinlarini 5 iyundan boshlab tiklash rejalarini ishlab chiqqandi. Biroq bu rejaga rasman ruxsat etilishi uchun bir necha kun kerak bo'ldi. SHundan va klublarning mashg'ulotlarni to'laqonli boshlab ulgurmagani, qolaversa chempionat restarti oldidan futbolchilar o'z formalarini tiklashi uchun biroz vaqt kerak ekanligidan kelib chiqib, O'zbekiston chempionati aynan qaysi sanadan start olishi bo'yicha alohida malumot beriladi.

Respublika Maxsus Komissiyasining mazkur qarori futbolimiz jamoatchiligi uchun juda quvonchli xabar bo'ldi. Ayni vaqtda biz uchun eng muhimi – endilikda mashg'ulotlarni rasman davom ettirish mumkin. Uzoq vaqt amaliyotsiz qolgan futbolchilar o'z formasini tiklab olmasdan turib o'yinlarga kirishsa, tabiiyki, jarohatlar ham avj oladi. SHu sababdan rasmiy uchrashuvlarning aynan qachondan davom ettirilishi borasida O'zPFL alohida malumot beradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика