So’nggi yangiliklar

20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  2 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   4 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  7 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  10

PFL oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o'zgartirdi Yangiliklar

PFL oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o'zgartirdi

Teglar :  O'zPFL
Liga har oy yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy, futbolchi va golni aniqlab keladi. Yakunda ovoz berishlar yilning eng yaxshilarini aniqlashga o'z tasirini ko'rsatadi.

So'nggi ikki mavsum davomida bir xil tizimdan foydalanildi. Unga ko'ra, oyning eng yaxshilarini aniqlashda uch xil subekt ishtirok etib kelayotgandi:

a) 14 ta klub bosh murabbiy va sardorlarining ovozi;
b) 5 ta sport nashrining ovozi;
c) futbol muxlislarining ovozi.

Futbol muxlislari Liga rasmiy sahifalari orqali eng yaxshilarga ovoz berib keldi va bu bitta umumiy ovoz sifatida qabul qilindi. SHuningdek, “Sport” telekanali, “Championat.asia”, “Sports.uz”, “Tribuna.uz”, “Stadion.uz” kabi nashrlarning har birining ovozi alohida ahamiyat kasb etgan. Qo'shimchasiga, Superliga bosh murabbiylari va sardorlari ovoz berishda bevosita ishtirok etgan. Mana shu ovozlarning umumiy ko'rinishi orqali oy futbolchi, murabbiyi va goli aniqlangan.

Liga shaffoflikni taminlash maqsadida har oy yakunida murabbiylar, futbolchilar, nashrlar kimga ovoz berganini elon qilib bordi. O'rganishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, klublar yoki ularda faoliyat olib borayotgan ayrim shaxslarning o'zaro munosabati ovoz berishga ham tasir ko'rsatib, yakuniy natijada chalkashliklarga sabab bo'lgan vaziyatlar ham kuzatildi. SHu va boshqa faktorlarni inobatga olgan holda Liga o'z musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro'yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanishga qaror qildi. Biz bunda musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan kishilarga etibor qaratishni lozim topdik. Ular orasidan kimdir keyinchalik biror klub tizimida ish boshlasa, u avtomatik ravishda mazkur ro'yxatdan chiqariladi. Unga qadar esa eng yaxshilarni aniqlab berishga o'z ovozi bilan hissa qo'shadi.

Ro'yxat quyidagicha:
Orif Tolipov — Sport-TV
Xayrulla Hamidov — Sport-TV
Zuxriddin Qilichev — Sport-TV
Otabek Jo'raev — Sport-TV
Abdulla Nurmonov — Sport-TV
Narzulla Saydullaev — Championat.asia
Tolib Qosimov — Championat.asia
Faxriddin Ro'ziev — Sports.uz
Azamat Umarov — Sports.uz
Yaxyoxo'ja Ulug'xo'jaev — Sports.uz
O'tkir Jalolxonov — Tribuna.uz
SHahboz Beg'amov — mustaqil kuzatuvchi
Zohid Akramov — mustaqil kuzatuvchi
Kamoliddin Murzoev — O'zbekiston futbolchilari uyushmasi
Islom Inomov — O'zbekiston futbolchilari uyushmasi
Azamat Abduraimov — TSHFA vice-prezidenti
Baxtiyor SHirinov — O'FA mutaxassisi (statistika)
Baxtiyor Dadamatov — O'FA mutaxassisi (murabbiylik talimi)
Ravshan Haydarov — U20 O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Liga ovoz berish mumkin bo'lgan davogarlarni aniqlashda O'zbekiston kubogi uchrashuvlarini ham inobatga oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика