So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

PFL "Neftchi" futbolchisini jarimaga tortdi, “Navbahor” klubi esa ogohlantirildi Yangiliklar

PFL "Neftchi" futbolchisini jarimaga tortdi, “Navbahor” klubi esa ogohlantirildi

Teglar :  NeftchiNavbahorPFL
PFL "Neftchi" o'yinchisiga jarima soldi va "Navbahor" klubini ogohlantirdi.

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Superliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "Neftchi" – "Navbahor" o'yini 68-daqiqasida "Neftchi" jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov raqib jamoa darvozasini ishg'ol etganidan so'ng golni nishonlash maqsadida "Navbahor" jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib, raqib muxlislarini g'azablantirishga va keskin etirozlariga olib kelgan xatti-harakatlarni amalga oshirdi.

Natijada namanganlik muxlislar o'tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirildi. Musobaqalar Reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uchun "Neftchi" jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi muxlislari "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" klublari maydoniga uyushtirgan safar uchrashuvlari chog'ida intizom borasida ommaviy ravishda kamchiliklarga yo'l qo'ygani mazkur o'yinlarga tayinlangan uchrashuv komissarlari tomonidan qayd etilgan edi. Superliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "Neftchi" – "Navbahor" o'yinida ham aksariyat namanganlik ishqibozlarning odob-ahloq qoidalari doirasidan chetga chiqish holatlari davom etdi. Jumladan, o'yinning 68-daqiqasida "Neftchi" jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov "Navbahor" darvozasini ishg'ol etgach, golni "Navbahor" jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib nishonladi. Futbolchi amalga oshirgan xatti-harakatlar 3 mingga yaqin namanganlik muxlislar o'tirgan sektordagi ko'p sonli ishqibozlarni ommaviy tarzda g'azablanishiga va keskin etirozlariga olib keldi. Natijada namanganlik muxlislar o'tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirildi.

SHu sababdan "Navbahor" futbol klubi muxlislarining xulqi va madaniyati borasida tegishli tartibda ish olib borilmagani uchun "Navbahor" klubi oxirgi marta ogohlantirildi. Agar ushbu holat yana bir bora takrorlansa, klub o'z uy uchrashuvini muxlislarsiz bo'sh stadionda o'tkazishi ham mumkin.



Zero stadionlarga futbol ishqibozlari o'z oilalari, farzandlari bilan birgalikda tashrif buyurayotgan paytda ayrim muxlislarning odob-ahloq meyorlarini buzayotgani yosh futbolsevarlarga salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Bu borada Superliga barcha ishtirokchi jamoalarining muxlislar bilan ishlash bo'limlari muntazam ish olib borishlari lozim.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика