So’nggi yangiliklar

23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  21 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  51 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  217 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  26 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

PFL “Labsa” futbol klubini ogohlantiradi Yangiliklar

PFL “Labsa” futbol klubini ogohlantiradi

Teglar :  PFLLabsaPRO-liga
Pro-Liga B zonasining 14-turidan joy olgan “Labsa” - “Lokomotiv-BFK” o'yini belgilangan vaqtdan yarim soat kechroq boshlandi.

O'yin 18:00 ga tayin qilingandi. Biroq mezbon jamoa “Labsa” stadiondagi xavfsizlik masalalarini talab darajasiga keltirmagan. Uchrashuv komissari Baxtiyor Namozov bunday sharoitda o'yin o'tkazishga ruxsat bermagan. Mezbonlar esa shundan keyingina harakatga tushgan.

O'yinda “Labsa” vakillariga texnik mag'lubiyat yozishga yaqin qolgandagina komissar talab qilgan minimum masalalar hal etilgan. Uchrashuv esa 18:30 da start olgan.

PFL mazkur holat yuzasidan “Labsa” futbol klubi rahbariyatini jiddiy ravishda ogohlantiradi va yana 1 ta o'yin uchun imkoniyat beradi. Kelasi turda ham shunday holat davom etsa, komissar 5 daqiqa ham kutmaydi va mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat elon qiladi.

Malumot uchun, PFL yaqindagina “Yozyovon-Lochinlari” futbol klubini jiddiy ogohlantirgandi. 17 iyun — yakshanba kuni mazkur klub o'z maydonida “Iftixor”ni qabul qiladi. Agar maydonda ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmagan bo'lsa, “Yozyovon-Lochinlari”ning uy uchrashuvlarini o'tkazish yoki umuman chempionatdagi keyingi faoliyati qayta ko'rib chiqiladi.

“Labsa”ning navbatdagi uy o'yini esa 21 iyun kuni “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi bo'lib o'tadi. O'sha uchrashuvdagi xulosa mezbonlarning Pro-Ligadagi keyingi taqdirini belgilab berishi mumkin. 17 iyun kuni “SHerdor”ni qabul qiladigan “G'ijduvon” klubi ham vaziyatni nazoratga olishi talab etiladi.

Pro-Liga klublariga butun bahor davomida ish yo'lga tushib ketishi uchun vaqt berildi. Iyun oyidan boshlab esa talablar hamma uchun qatiydir. O'z ustida ishlamaydigan va vaqtinchalik bo'lgan klublar faoliyatini bemalol 2-ligada davom ettirishi mumkin. Pro-Liga talablari esa o'z kuchida qoladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика