So’nggi yangiliklar

21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  52 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  16 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13

PFL: "Istiqlol" futbol klubi bo'yicha malumot Yangiliklar

PFL: "Istiqlol" futbol klubi bo'yicha malumot

Farg'onaning “Istiqlol” futbol klubi stadion bilan bog'liq masala ijobiy echim topmaganidan kelib chiqib, Pro liga musobaqasidan chiqib ketish borasida rasmiy xat yo'lladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi bu haqda malumotnoma tayyorlab, uni O'zPFL Ijroqo'miga kiritdi. 

Bu vaqtda “Istiqlol” futbol klubi o'z safida to'p surgan futbolchilarning boshqa klublar bilan shartnoma imzolashiga qarshilik ko'rsatmadi. Pandemiya davri barcha uchun noqulayliklar tug'dirayotganidan kelib chiqib, O'zPFL futbolchilar ishsiz qolmasligi uchun ularning shartnomalarini yangi klublari uchun ro'yxatdan o'tkazdi. 

Bu jarayonlar fonida O'zPFL Farg'ona viloyati hokimi hamda “Istiqlol” futbol klubi tasischilari bilan muzokara o'tkazdi. Jamoaning xususiy ekani, bir necha yillardan buyon quyi ligada muammolarsiz ishtirok etib kelayotganidan kelib chiqib, O'zPFL “Istiqlol”ni saqlab qolishdan, shuningdek, endigina oldinga siljiyotgan Pro liga turnir jadvali o'zgarishsiz qolishidan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Ayni vaqtda “Istiqlol” stadioni bilan bog'liq masala yuzasidan og'zaki kelishuvga erishilgan. Ishlar rasmiy maqomga ko'chguniga qadar O'zPFL turnir jadvaliga o'zgartirish kiritmaydi. SHuningdek, O'zPFL Ijroqo'mi vakillarining “Istiqlol” futbol klubining musobaqadan chiqib ketishi borasidagi bayonini to'liq imzolatishga shoshilinmaydi. 

O'zPFL “Istiqlol” futbol klubi ishtirokidagi kechiktirilgan ikki uchrashuvni 14-turga qadar o'tkazib olish rejasini ishlab chiqqan va bu borada Pro liga klublari vakillari bilan kelishuvga erishgan. Tashkilot bu boradagi keyingi malumotlarni o'z vaqtida taqdim etib boradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика