PFL bosh direktori Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi
24 noy 2017 10:54
Yangiliklar
PFL bosh direktori Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari bilan uchrashuv o'tkazdi
25 noyabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionlar ligasi final bahsini bevosita stadiondan kuzatib borish uchun O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Omon G'ofurov Yaponiyaga jo'nab ketgani haqida avval xabar bergandik.
Omon G'ofurov bugun Yaponiya Professional Futbol Ligasi rahbari Micuru Murai bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Yaponiya Futbol Associaciyasi o'rtasida 17 noyabr kuni imzolangan memorandum asosidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
SHuningdek, Yaponiya Professional Futbol Ligasi tomonidan o'tkazilayotgan musobaqalar tartibi, marketing, homiylik masalalari o'rganildi va tajribalar o'rtoqlashildi.
Bundan tashqari, Micuru Murai PFL Bosh direktori Omon G'ofurovni Yaponiya Professional Futbol Ligasi tomonidan klublar oldiga qo'yiladigan talablar, bu talablarni bajarish uchun klublar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan ham yaqindan tanishtirdi.
Fikrlar