So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

PFL Bosh direktori: "Klublar licenziyalash talablarini bajarishmasa Oliy ligada ishtirok etishmaydi" Yangiliklar

PFL Bosh direktori: "Klublar licenziyalash talablarini bajarishmasa Oliy ligada ishtirok etishmaydi"

Teglar :  O'FFOliy liga
O'zbekiston Futbol Federaciyasining majlislar zalida federaciya va PFL rahbariyati hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi.

Majlisda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi hamda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo'yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so'z yuritildi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti SHoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o'zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Oliy liga klublari oldiga qo'yiladigan talablar kuchaytirilgani haqida aytib o'tdi.

Jumladan, kelasi yildan boshlab Oliy liga klublari o'zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo'lishlari, ushbu akademiyalardagi shart-sharoitlar talab darajasida bo'lishi, futbolchilarning jismoniy holatini yuqori saviyada ushlab turish uchun mashg'ulot va trenejer zallari mavjud bo'lishi zarurligi tilga olindi.

Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo'lishi shartligi ham takidlandi.

Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bo'lishi kerakligi ham takidlab o'tildi.

SHuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi, xavfsizlik masalalariga alohida etibor qaratish kerakligi bo'yicha talablar qo'yildi.

SHundan so'ng PFL Bosh direktori Omon G'ofurov so'z olib, klublar licenziyalash talablarini bajarmaydigan bo'lsa, kelasi yili Oliy ligada ishtirok etishiga yo'l qo'yilmasligi bo'yicha ogohlantirdi.

Talablarni bajarish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida har 10 kunda PFLga hisobot jo'natib turish va hamkorlikda ish olib borish zarurligi takidlandi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика