So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  2 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

Petr Segrt: "Tojikiston terma jamoasida xorvat futboli va nemis intizomini birlashtirganman" Yangiliklar

Petr Segrt: "Tojikiston terma jamoasida xorvat futboli va nemis intizomini birlashtirganman"

Tojikiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorvatiyaning "Novi List" nashriga bergan intervyusida termadagi faoliyati haqida gapirdi.

Xorvatiyaliklar o'z tarixida birinchi marta qita turniriga yo'l olgan va birinchi urinishdayoq tarixga kirgan Tojikiston terma jamoasini ekzotika deb atashdi.

Xorvatiyalik hamkasblar Petr Segrt germaniyalik mashhur mutaxassis Yoaxim Lyovning cho'qintirgan otasi ekanligini ham xabar qilishdi.

"Men murabbiylik saboqlarini Germaniyada olganman, lekin yuragimda xorvat ruhini olib yuraman va Tojikistonga aynan shu narsa kerak", – degandi Segrt Qatardagi Osiyo Kubogida Iordaniya bilan o'yin oldidan bergan intervyusida.

Unga ko'ra, tojikistonliklar Osiyo Kubogida doim pressing qilib o'ynagan va maydonda katta kuch sarflagan. Turnirdagi jamoa bir katta oiladek edi.



"Livanni mag'lub etib, guruhdan chiqqanimizda kechasi bilan bayram qildik. Mehmonxonamizda hamma raqsga tushdi. 1/8 finalda BAAni mag'lub etganimizdan so'ng xuddi Osiyo Kubogini qo'lga kiritgandek xursandchilik qildik. Tojikiston – kichik davlat va biz barchamiz Osiyo Kubogida ro'y bergan hamma narsadan juda faxrlanamiz", – deya qo'shimcha qildi Segrt.

- Tojikistonda futbol qanday ekanligini tushuntirib bera olasizmi?

- Tojikistonda birgina suniy qoplamali maydon bor va hech kim o'rtoqlik o'yinlariga kelishni istamaydi, shuning uchun biz doimiy ravishda mehmonda o'ynadik. Tojikiston terma jamoasi murabbiyi sifatida 23 ta o'yinda ustozlik qildim, shundan bor-yo'g'i 2 tasini o'z maydonimizda o'tkazilgan.

Tojikistonlik futbolchilarda xorvatlarga o'xshash futbolga moyillik bor, men buni darhol angladim. SHuning uchun u erga ishlashga bordim.

Men kelganimda ular uzun paslar bilan o'ynashardi. Men darhol aytdimki, bunday o'yin ular uchun emas, o'sish bo'lmaydi.

Biz Xorvatiya terma jamoasi kabi paslashib o'ynay boshladik.

Tojikistonda klublarda tizimli shug'ullanadigan futbolchilar yo'q, ular jamoaga ko'chadan kelib qo'shilishadi. Ular tez, portlovchi va men to'g'ri yo'nalishda yo'naltirilgan istedodga ega.

Kelganimda terma jamoadagi o'rtacha yosh 29-30 edi, hozir esa 23-24 yosh. Bizda o'yin sifati borligini bilardim, Osiyo Kubogida guruhdan chiqishimizga ishonchim komil edi.



- Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyat formulangizni qanday tariflagan bo'lardingiz?

- Tojikiston terma jamoasida xorvat futboli va nemis intizomini birlashtirganman. Bu bizning muvaffaqiyat kombinaciyamiz edi.

Bu yigitlar ajoyib va men ular bilan faxrlanaman. Men murabbiylik saboqlarini Germaniyada olganman, lekin yuragimda xorvat ruhini olib yuraman va Tojikistonga aynan shu narsa kerak

Nemis murabbiylari Yaponiya yoki Koreya Respublikasida muvaffaqiyat qozonishlari mumkin, chunki u erda intizom mentalitetning bir qismi. Tojikistonda odamlar bizga o'xshab ketadi va faqat intizom etarli emas, chunki bazida improvizaciya qilish kerak bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика