So’nggi yangiliklar

14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  0 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  8 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  33 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  11 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13

“Perak” klubi prezidenti Oybek Qilichev borasida bayonot berdi Yangiliklar

“Perak” klubi prezidenti Oybek Qilichev borasida bayonot berdi

Teglar :  PerakOybek Qilichev
13 fevral kuni Malayziya superligasi bahslari start olganidan muxlislarimizning xabarlari bor.

Bu yil ushbu yurtning oliy divizionida uch nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p surmoqda: Vohid SHodiev (“Perak”), Lutfulla To'raev (“Felda Yunayted”) hamda Dilshod SHarofiddinov (“T-Tim”).

Aslida “Perak” safidagi legionerlarimiz soni hozirda ikki nafar bo'lishi lozim edi. Biroq yarim himoyachi Oybek Qilichev malum muddatga hozircha yana o'zimizga qaytishga majbur bo'ldi. Bu borada Ipox shahri klubi prezidenti Dato Seri Abdul Puxat Bin Mat Nayan Malayziya ommaviy axborot vositalari uchun 1-turning “Perak” – “Kelantan” (0:0) uchrashuvidan so'ng rasmiy bayonot berdi.

- “Perak” klubi shuni malum qiladiki, uyda “Kelantan”ga qarshi o'tkazgan o'yinimizda muxlislarimizning ajoyib qo'llab-quvvatlashlari uchun butun jamoamiz ularga o'z minnatdorchiligini bildiradi (izoh: uchrashuvga 21000 tomoshabin tushgan, – “SA”). Bunday qo'llab-quvvatlash, albatta, futbolchilarimiz maydonda bor kuchlarini berib o'ynashlari uchun juda muhim omil bo'ldi. Bu hol, shak-shubhasiz, o'yinchilarimizga ruhiy tomondan katta yordam vazifasini bajardi. “Perak” futbol klubi butun mavsum davomida ishqibozlarning aynan huddi shunday tarzda qo'llab-quvvatlashlariga umid qilib qoladi va bu holat davomiy va doimiy bo'lishligiga ishonadi. CHunki, birinchidan, klubimiz buyuk tarixga ega va, eng asosiysi, jamoamiz muxlislari boshqa klublar ishqibozlaridan yaqqol ajralib turishadi.

SHuningdek, “Perak” klubi o'zbekistonlik futbolchi Oybek Qilichev bilan yuzaga kelgan texnik muammo – chempionat uchun u malum sabablarga ko'ra ro'yxatdan o'tkazilmay qolgani uchun o'z ishqibozlaridan uzr so'raydi. Biz Malayziya futbol associaciyasi reglamentini hurmat qilamiz. Mavsumoldi o'rtoqlik bahslarida Oybek Qilichev qanaqangi ajoyib o'yinchi ekanligini namoyish etishga muvaffaq bo'lgandi. Buni hammangiz ko'rdingiz.

Albatta, endi biz uni ikkinchi davradan jamoamizga olib kelishga bor kuchimiz va bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Va kelajakda unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni ko'zlaganmiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика