Rasman: Oybek Bozorov shartnomani uzaytirdi
24 jan 2025 21:09
Yangiliklar
Rasman: Oybek Bozorov shartnomani uzaytirdi
Yarim himoyachi Oybek Bozorov "Nasaf"dagi faoliyatini davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati futbolchi bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirilganligini malum qildi.
"Jamoamizning eng muhim figuralaridan biri Oybek Bozorov ham shartnomasini uzaytirdi!
Yangi mavsumda yangi maqsadlar sari dadil odimlayotgan jamoamizning bir bo'lagi sifatida ishtirok etishiga tilakdoshmiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" bunga qadar Akmal Mozgovoy, Abduvohid Nematov, SHerzod Nasrullaev, Javohir Siddiqov hamda SHuhrat Muhammadiev kabi futbolchilar bilan ham shartnomalar uzaytirilganligini elon qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar