Pepe "Barselona" – "Real" to'qnashuvi bo'yicha taxminini bildirdi
25 apr 2025 17:55
Yangiliklar
Pepe "Barselona" – "Real" to'qnashuvi bo'yicha taxminini bildirdi
Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real" sobiq himoyachisi Pepe Ispaniya Kubogi final uchrashuvida "qaymoqranglilar" g'alaba qozonishiga ishonch bildirmoqda.
Karlo Anchelotti shogirdlari hal qiluvchi o'yinda "Barselona" bilan to'qnash keladi. Pepening fikricha, madridliklar kubokni boshi uzra ko'taradi.
"Umid qilamanki, "Real" g'alaba qozonadi. Biroq buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi deb o'ylayman. O'yin uchun taxmin? Valverde va Ryudigerning gollari evaziga "Real"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi", – dedi Pepe.
26 apreldan 27 aprelga o'tar kechasi o'tkaziladigan final qizg'in o'tishni vada qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar