Pep Gvardiola: "Real"dan o'ta oladigan darajada ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz"
26 iyu 2020 14:06
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Real"dan o'ta oladigan darajada ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Real" maydonida o'tgan ilk uchrashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g'alabaga erishishgandi.
"Yaxshi o'yin o'tkazishni istayman. Final bo'ladi. Nafaqat biz, balki "Real" uchun ham. Rejaga ko'ra, xatoga yo'l qo'ymaslik kerak.
O'tgan voqeliklar bizning o'yinimizga tasir o'tkazmasligi kerak. O'tmish - bu o'tmish. Barchasi qanday bo'lsa shunday. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Hayot shunday. Hayot ideal emas.
Ishtiyoq - navbatdagi bosqichga o'tish. O'zimizni ko'rsatib, "Real"dan o'ta oladigan jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Faqatgina barcha aspektlarda raqibdan ustun bo'lgan holda bunga erishish mumkin. "Real" kabi jamoalar hech qachon xatolarni kechirmaydi", - dedi kataloniyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar