So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

"Pekin" operaciyasi yoki Xitoy klubi hukumatni aldamoqchi bo'ldi, ammo... Yangiliklar

"Pekin" operaciyasi yoki Xitoy klubi hukumatni aldamoqchi bo'ldi, ammo...

Millionlarni tejab qolmoqchi bo'lgan klub o'ylagan ayyorlik muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Kecha Xitoy Superligasi "Vilyarreal" hujumchisi Sedrik Bakambu Pekinning "Beyjing Goan" klubiga o'tganini tasdiqladi. U 4 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 18 mln. evro ishlab topadigan bo'ldi.

Agar siz qishning eng ayyor transferini kuzatmagan bo'lsangiz, hozir bu haqida malumot beramiz. Xorijdan futbolchi olmoqchi bo'lgan Xitoy klubi transfer uchun 5,8 mln. evrodan ko'proq sarflasa (Bakambuni 40 mln. evroga sotib olishdi), xarid qilingan pul miqdorida davlatga soliq to'lashga to'g'ri keladi (bu vaziyatda 34,2 mln. evro). Ammo pekinliklar soliq to'lamaslik rejasini tuzishdi.

"Beyjing Goan" qoidalarga rioya qilib, transferni amalga oshirishganida, Pekin klubi futbolchi uchun "Vilyarreal"ga 40 mln. evro, Xitoy futbol federaciyasiga esa 34 mln. evro to'lab berishi kerak bo'lardi. Ammo "uddaburonlar" soliq to'lamaslik uchun "sariq suvosti kemasi"ga boshqa kompaniya orqali pul o'tkazib berishdi. Bakambu esa "Beyjing Goan"ga erkin agent sifatida o'tdi. Ammo transferni rasman tasdiqlashmadi. Bir necha kundan so'ng, Xitoy reglamentni o'zgartirdi: "Vilyarreal" boshqa kompaniyadan olgan pul ham transfer mablag'i hisoblanadi. Qonunni chetlab o'tish va soliq to'lamaslik uchun jarima - 10 ochko.

Natijada "Beyjing Goan" bosh menejeri Li Min klub soliqni to'lagani haqida malum qildi. Demak, transfer 74,2 mln. evroga tushdi.

Xitoy hukumatini aldashning iloji yo'q.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика