So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

“Paxtakor”ning Qatar klublari bilan to'qnashuvlari Yangiliklar

“Paxtakor”ning Qatar klublari bilan to'qnashuvlari

“SHerlar” Qatar jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda faqat CHempionlar Ligasida to'qnash kelgan.

“Paxtakor”ning Qatarning 5 klubiga qarshi jami 14 uchrashuvda maydonga tushgan. “Garafa” bilan eng ko'p duch kelgan – 6 bor. “Qatar”, “Sadd”, “Arabi” va “Lahviya” bilan esa ikkitadan uchrashuv o'tkazilgan. Bu o'yinlarda 5 g'alaba, 4 durang va 5 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 21 marta ishg'ol qilinib, 19 to'p o'tkazib yuborilgan.

Toshkentda Qatar jamoalariga qarshi olti bellashuv bo'lib o'tgan. Ular 4 g'alaba va 2 durang qayd etilgan. 12 to'p kiritilgan va 4 gol qo'yib yuborilgan. Quyida ”Paxtakor” bilan to'qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.



“Al Garafa” - 3:0, 3:4, 2:2, 2:0, 0:1, 1:2
“Qatar” SK - 1:0, 0:0
“Al Sadd” - 1:1, 1:2
“Al Arabi” - 3:1, 1:0
“Lahviya” - 1:3, 2:2

“Al Sadd”ga qarshi o'yinlar 2011 yil guruh bosqichiga to'g'ri kelgan. Doxada mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishgan bo'lsa, Toshkentda 1:1 hisobi qayd etilgan. Gollarga Temurxo'ja Abduxoliqov va Stanislav Andreev mualliflik qilgan. O'shanda har ikki uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilardan Vladimir Kozak, Igor Sergeev va Egor Krimec hamon “Paxtakor”da o'ynayotgan bo'lsalar, “Sadd” tarkibida Saad Al SHib, Abdulkarim Hassan hamda Hassan Al Haydosni ko'rish mumkin.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика