"Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi o'z safiga eronlik hujumchini qo'shib oladi
08 jan 2018 19:06
Yangiliklar
"Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi o'z safiga eronlik hujumchini qo'shib oladi
Xabaringiz bor, 30 yanvar kuni "Paxtakor" safarda OCHL pley-off bosqichi doirasida Qatarning "Al Garafa" klubi bilan o'ynaydi. Bu uchrashuv bitta o'yindan iborat va kim g'olib chiqsa musobaqaning guruh bosqichiga yo'l oladi.
Osiyo futboliga oid manbaning malum qilishicha, "Al Garafa" ertaga o'z safiga eronlik hujumchi Mehdi Taremini qo'shib oladi. Futbolchi Doxaga tashrif buyurib, dastlab tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin klub bilan shartnoma imzolaydi.
Malumot uchun, o'tgan yilning yozida aynan shu futbolchini "Paxtakor" qo'lga kiritishi mumkinligi haqida gap-so'zlar paydo bo'lgan, ammo bu o'tish amalga oshmay qolgandi. Endilikda Taremining "Al Garafa" bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.
Fikrlar