So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Paxtakor"da hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan" - Abdulla Abdullaev Yangiliklar

"Paxtakor"da hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan" - Abdulla Abdullaev

Yozgi transfer oynasi vaqtida "Paxtakor" klubiga qo'shilgan tajribali futbolchi Abdulla Abdullaev kecha Championat.asia saytiga intervyu berdi.

"17 iyuldan "Paxtakor" bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishni boshlagandik. 2 mahal mashg'ulotlar olib bordik, o'rtoqlik o'yinlarida qatnashdik. Bosh murabbiy ikkinchi davrada qanday uslubda o'ynashimizni tushuntirdi. 

Jamoaga moslashib ketishga kelsak, bu yigitlar bilan bolalikdan birga o'ynaganmiz. Qiyin bo'lmadi, iliq kutib olishdi. Jamoadoshlarimga va rahbariyatga ishonch uchun rahmat aytmoqchiman. Maqsadimiz – "Paxtakor"ni chempionlik yo'liga qaytarish. O'ylaymanki, hamma buni tushunib turibdi. Yangi qo'shilgan futbolchilar ham buni his qilgan holda ijobiy natija uchun bor kuchimizni sarflaymiz", – dedi Abdullaev. 



- BAAdagi jamoangiz "Xorfakkan"dan ketganingizdan keyin boshqa takliflar ham bo'lgani aniq. Nega aynan "Paxtakor"ga o'tishga qaror qildingiz?

- Yaxshi savol berdingiz. Avvalo, menga taklif bilan chiqqan barcha jamoalarga rahmat aytmoqchiman. "Paxtakor" tanloviga kelsak, bu borada otam bilan maslahatlashdim va bu haqda ko'p o'yladik. O'ylaymanki, Xudo xohlasa, bu qaror o'zini oqlaydi. O'zimni ustimdan ishlashlan to'xtamay, borimni berishga va murabbiylardan yangi jihatlarni o'rganishga harakat qilaman. 

"Paxtakor"da doim raqobat bo'lgan va bu erda hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. O'ylashimcha, o'sish bo'ladi. Birinchi maqsadim – yangi darajaga ko'tarilish. 

- "Paxtakor" jamoasi o'tgan yilgi chempionlikdan so'ng katta o'zgarishlar qildi. Tarkibni yoshartirdi va jamoa rivojlanish yo'lini tanladi. Hozir jamoa asosan yoshlardan iborat va tajribali futbolchilar kam. SHu kabi jihatlardan cho'chimadingizmi? 

- "Paxtakor"ga kim kelishidan va bu erda kim o'ynashidan qati nazar klub doim chempion bo'lishga urinadi. Ha, jamoani bir qator etakchilar tark etgan. Biroq oldingi tarkib, yangi qo'shilganlar birgalikda ijobiy natijaga erishadi va "Paxtakor"ni oldingi darajaga qaytarishga kuchi etadi. 



- Ancha yildan beri o'ynayotgan va legioner sifatida harakat qilgan futbolchi sifatida Superligadagi hozirgi raqobat haqida nima deya olasiz?

- Qaerda bo'lishimdan qati nazar milliy chempionatimizni doim kuzatib boraman, bu menga qiziq. Aytganingizdek, bu yilgi intriga yuqori darajada. Oldingi yil ham shunday bo'lgandi. Masalan, "Andijon" – OKMK (2:3) o'yinini olsak, andijonliklar o'yin davomida yuta turib, yakunda yutqazdi. Bu degani intriga 90-daqiqagacha saqlanib turibdi. Bu albatta terma jamoa uchun ham foyda bo'ladi. 

- Terma jamoa yaqinda JCH saralashidagi yurishini boshlaydi. Raqiblar – Ero, BAA, Qatar, Qirg'iz Respublikasi va KXDR. Ushbu 3-bosqich haqida gapirib o'tsangiz, qura haqida qanday fikrdasiz? KXDR bilan mehmondagi o'yin bo'yicha muammolar uchrashi mumkin...

- O'ylaymanki, bu bosqichda hamma buni his qilgan holda to'p tepadi. Bugungi kunda barcha jamoalar himoyalanish va hujum qilishni biladi. Terma jamoamiz hech kimdan qo'rqmaydi. Hammani hurmat qilgan holda oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz. Xudo xohlasa, ijobiy natijaga erishamiz. 



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика