"Paxtakor" "Xorazm" bilan Toshkentda o'ynaydi
15 apr 2014 13:37
Yangiliklar

"Paxtakor" "Xorazm" bilan Toshkentda o'ynaydi
18 aprel kuni "Paxtakor" O'zbekiston Kubogi 1/16 final doirasida "Xorazm" bilan maydonga tushadi.
Ushbu bellashuv aslida "Xorazm"ning uy stadionida o'tkazishi belgilangandi, lekin har ikki jamoa kelishuviga ko'ra, xorazmliklar poytaxtga tashrif buyuradigan bo'ldilar. SHu tariqa Mansur Davletov shogirdlari 18 aprel, juma kuni "Paxtakor" stadionida "sherlar"ga qarshi bahs olib borishadi. "Xorazm" birinchi bosqichda o'z maydonida "Orol"ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.
Uchrashuv 18 aprel kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida soat 18:00da start oladi. Bu safar ham stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarda "Paxtakor" futbol klubining turli esdalik sovg'alarini yutib olish imkoniyati yuzaga keladi. Ular klub ramzi tushirilgan turli esdalik buyum-atributkalar bilan uylariga qaytishlari mumkin. SHuningdek, bir necha ishqiboz "Fitness House" sog'lomlashtirish markaziga bepul oylik abonementlar sohiblariga aylanadi. CHiptalar stadion kassalarida 2000 so'mdan sotiladi.
"XORAZM" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Xolmat Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), Andrey Snetkov (Toshkent viloyati), Igor Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).

Fikrlar