So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

"Paxtakor" vs "Nasaf" - 11 fakt Yangiliklar

"Paxtakor" vs "Nasaf" - 11 fakt

Bugun O'zbekiston kubogida g'olib nomiga aniqlik kiritiladi.

Paxtakor

Odiljon Hamrobekov - 28'

O'zbekiston kubogi. 3-tur

04/12/2021, 16:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Bahrom Abdurahimov - 38', G'olib G'aybullaev - 75'

45'
90'
24'  SHahzod Azmiddinov
28'  Odiljon Hamrobekov
28'  Farrux Sayfiev
45'  Odiljon Hamrobekov
46'  SHahzod Azmiddinov (Marlen CHobanov)
68'  Abbosbek Fayzullayev (Boyan Matich)
80'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
80'  Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg’unboyev)
83'  Marlen CHobanov
90'  SHerzod Temirov (Diyor Xolmatov)
34'  Oybek Bozorov
38'  Bahrom Abdurahimov
38'  SHerzod Nasrullaev
60'  Bahrom Abdurahimov (SHahzod Akramov)
60'  Abubakrrizo Turdaliev (Murodbek Rahmatov)
61'  SHahzod Akramov
75'  G'olib G'aybullaev
75'  Sukhrob Nurulloyev
78'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)
78'  Husayin Norchaev (SHohmalik Komilov)
90'  Umidzhon Ergashev

"Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuv haqida nimalarni bilamiz?

1. Bu klublar joriy mavsumda 4-bor to'qnash kelishadi. Oldingi o'yinlarning barchasi "sherlar" foydasiga hal bo'ldi:

6 mart. "Paxtakor" 1:0 "Nasaf" (Superkubok)

10 mart. "Nasaf" 2:3 "Paxtakor" (Superliga, 1-tur)

6 avgust. "Paxtakor" 1:0 "Nasaf" (Superliga, 14-tur)

2. Bu klublarning kubok doirasidagi 18-to'qnashuvi. Oldingi o'yinlarning 7 tasida "Paxtakor" zafar quchgan, 5 ta o'yinda "Nasaf" yutgan va xuddi shuncha durang (To'plar nisbati — 27:19).

3. SHuningdek, "Nasaf" 3-marta musobaqa finalida "Paxtakor" qarshisiga chiqyapti. Oldingi o'yinlar poytaxt klubining 3:1 hisobdagi g'alabasi bilan yakun topgandi.

4. Bugungi o'yinni quyidagi futbolchilar diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi: "Nasaf"dan Marko Stanoevich hamda Jo'rabek Mannonov, "Paxtakor"dan Dragan CHeran va SHerzod Azamov.

5. Bundan tashqari Vladimir Kozak, Egor Krimec, Husniddin Aliqulov va Abduvohid Nematov singari o'yinchilar ham o'z jamoalariga yordam bera olishmaydi (jarohat).

6. "Dinamo" stadioni 3-bor mamlakat kubogi finaliga mezbonlik qilmoqda (1992 va 2016 yildan keyin). 

7. Piter Xyuistra hozircha Ro'ziqul Berdiev mag'lub qilolmagan murabbiylar qatorini to'ldirib turibdi. "Ajdarlar" ustozi 4-bor bu ishni uddalashga harakat qilib ko'radi. 

8. "Nasaf" forvardi Husayn Norchaevda to'ppurarlar poygasining  yakka peshqadamiga aylanish imkoniyati mavjud. Buning uchun u "sherlar" darvozasiga kamida 1 bor yo'l topishi kerak. Ayni paytda Husayn hamda "Bunyodkor" vingeri Farruh Ikromovning hisobida 4 tadan gol bor.

Izoh: Agar saralash bosqich o'yinlari ham hisobga olinsa, "Zomin" vakili Muhammad Odilov "bombardir" bo'lardi (6).

9. Bugungi bahs mamlakat kubogining 29-finali hisoblanadi.

10. 17-finalida ishtirok etayotgan "Paxtakor" 14-bor musobaqa g'olibligini qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'radi. Bu borada "sherlar"ning oldiga tushadigani yo'q. 7-bor finalda o'ynayotgan "Nasaf" esa kubokni faqat 1 marta yutgan (2015). Ehtimoliy g'alaba, "ajdarlar"ning "Neftchi"ga etib olishini taminlaydi.

11. Ahrol Risqullaev kubok finalini boshqargan 17-hakamga aylanadi.

1) Final. "Dinamo" to'ladimi?

2) 5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi?

3) Final. Ravshan Ermatov — mutlaq etakchi

4) Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi?

5) Yilning eng yaxshi hakami futboldan qanday ketgan edi? 

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика