"Paxtakor" Turkiyaga Davron Hoshimovsiz uchib ketdi
03 jan 2018 17:28
Yangiliklar
"Paxtakor" Turkiyaga Davron Hoshimovsiz uchib ketdi
"IC Santay" mehmonxonasida istiqomat qiladigan "Paxtakor" yig'inni 21 yanvargacha davom ettiradi. 7, 11, 15 va 20 yanvar kunlari nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Yig'inga 25 futbolchi olib ketildi. U-23 terma jamoasiga chaqirilgan o'yinchilar Xitoydagi Osiyo chempionatidan so'ng klub ixtiyoriga qaytishadi.
Yig'inga jo'nab ketgan futbolchilar ro'yxati quyidagicha:
Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Umid Hamroev.
Himoyachilar - Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Marko Simich, Kamoliddin Tojiev, Alisher Salimov, SHerzod Azamov, Farruh Sayfiev, Akmal SHorahmedov.
Yarim himoyachilar - Akbar Ismatullaev, Doston Ibrohimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Gidi Kanyuk, Jahongir Ahmadov, Jamshid Iskanderov, Sobit Sindarov, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev.
Hujumchilar - Jasur Hakimov, SHohrux Maxmudhojiev.
Fikrlar