"Paxtakor" Suares va Kavani bilan muzokaralar olib borganmi?
25 noy 2023 16:13
Yangiliklar
"Paxtakor" Suares va Kavani bilan muzokaralar olib borganmi?
O'yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida jurnalist "Paxtakor" ustozi Maksim SHackixga jamoa Luis Suares bilan bog'langanmi yoki yo'qligi haqida so'radi. Murabbiyning aytishicha, "sherlar" mashhur hujumchilar Suares va Kavani bilan transfer masalasida bog'langan.
- Top-darajadagi futbolchini jamoada ko'rishimiz mumkinmi? "Paxtakor" Luis Suaresga aloqaga chiqqan degan gaplar tarqalgan edi...
- Ha, u bilan gaplashdik. Kavani bilan ham muzokara olib bordik. Lekin bir narsani tushuninglar, ko'pgina yaxshi futbolchilarning O'zbekistonga kelishi qiyin masala. Yulduz futbolchini olib kelish muammo emas, ammo uni taminlash kerak. Top-futbolchining yonida uning darajasiga teng jamoadoshlari bo'lishi kerak. Masalan, Messi jamoadoshlarisiz ham bemalol o'ynay oladi. Qolganlar esa unday emas. "Paxtakor" top-futbolchini O'zbekistonga bemalol olib kela oladi, ammo bunga to'sqinlik qiladigan bir nechta muammolar bor. Yulduz futbolchi top-darajadagi sharoit bo'lishini istaydi.
Ushbu havola orqali matbuot anjumanidagi savol-javoblarni to'liq o'qib chiqishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar