So’nggi yangiliklar

20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  2 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  12 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  30 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  3 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

“Paxtakor” stadioni tribunalarining malum qismi tamirtalab holatda ekanligi sabab yopildi Yangiliklar

“Paxtakor” stadioni tribunalarining malum qismi tamirtalab holatda ekanligi sabab yopildi

Teglar :  "Paxtakor" stadioni
PFL bergan bayonotga ko'ra "Paxtakor" stadionidagi malum sektorlar qisman yoki to'liq yopilgan.

“Paxtakor” stadioni tribunalari o'tgan yili bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogida tamirga muhtoj ekanligi malum bo'lgandi. Buning oqibatida O'zbekiston U-23 termasining Iroqqa qarshi o'yini vaqtida ko'ngilsiz holat ro'y bergan bo'lib, keyinchalik OFK termamizning Yaponiya U-23 termasiga qarshi o'yiniga futbol muxlislarini kiritmadi, qo'shimchasiga O'FA katta miqdorda jarimaga tortildi. 

Mazkur voqeadan keyin “Paxtakor” stadioni tribunalari tosh va beton bo'laklaridan tozalandi. Sektorlar orqaliqlarida kichik tamirlash ishlari olib borildi. Ammo holat ijobiy tomonga o'zgarmaganligini Coca-Cola Superliga 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvi ko'rsatib berdi. Namanganlik futbol muxlislari joy olgan sektorlar maydonga qarab tosh hamda beton bo'laklari uloqtirildi. 

Mazkur holatlarni inobatga olib, O'zbekiston Professional futbol ligasi Ishchi guruh tuzdi. Mazkur Ishchi guruhdan Liga mutaxassislaridan tashqari O'FA inspekciya azolari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, shuningdek, “Paxtakor” futbol klubi hamda stadioni rahbariyati joy oldi. Ishchi guruh “Paxtakor” stadionidagi barcha — 44 ta sektordagi holatni o'rganib chiqdi. 

Ayni vaqtda “Paxtakor” stadioni tribunalari to'liq tamirga muhtoj hisoblanadi. Mazkur tribunalarni shunchaki kosmetik tamirdan chiqarish holatni ijobiy tarafga o'zgartirmaydi. Har qanday sovuq ob-havo, yog'ingarchilik yoki muxlislar o'rtasidagi tartibsizlik beton qoplamaning oson uvalanishiga olib keladi. Bu esa stadionga qattiq jismlarning uloqtirilishi xavfini oshiradi. Bu esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, futbolchilar, rasmiylar, to'p uzatib turuvchi bolalarga jiddiy tan jarohati etkazilishi ehtimolini oshiradi. 

SHundan kelib chiqib, Ishchi guruh “Paxtakor” stadioni tribunalari to'liq tamirlanguniga qadar futbol uchrashuvlari vaqtida fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini taminlash, shuningdek, uchrashuvlarni bevosita stadiondan kuzatishni maqsad qilgan futbol muxlislariga sharoit yaratish maqsadida 10, 11, 12, 13, 14, 15, 18, 19, 20, 21, 22, 23-sektorlarni qisman (maydon perimetridan boshlab 1 qatordan 23-qatorgacha bo'lgan ko'k hamda sariq tusdagi o'rindiqlar) yopishni, bunda 1-23 qatorlarga tomoshabinlar o'tib ketmasligining oldini olish maqsadida mazkur qatorlar alohida chegaralanishini taminlash, shuningdek, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 16, 17, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44-sektorlarni to'liq yopishni maqsadga muvofiq deb topdi.  

31, 32, 33, 34, 35, 36-sektorlar kichik tamirlash ishlarini olib borish, har bir rasmiy uchrashuv oldidan to'liq tozalash hamda nazoratni kuchaytirish sharti bilan muxlislarga xizmat qilishda davom etishi masalasi kelishildi. O'z navbatida “Paxtakor” futbol klubi hamda stadioni rahbariyati xizmat ko'rsatishi to'xtatilgan sektorlar hamda o'rindiqlar uchun chiptalar savdosini cheklashi, taqiqlangan nuqtalarda muxlislar harakatini cheklash uchun suniy to'siqlar o'rnatish majburiyatini oldi", -deyiladi PFL bergan bayonotda. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика