"Paxtakor": Sovrinli o'yindagi muxlislar quvonchi
31 mar 2014 15:53
Yangiliklar

"Paxtakor": Sovrinli o'yindagi muxlislar quvonchi
"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvida o'n nafar omadli muxlis sovrinli o'yin g'oliblariga aylanishdi.
Uy o'yinlarida muxlislarga ko'proq qulaylik yaratish va futbol uchrashuvini haqiqiy bayramga xos tarzda o'tkazishni maqsad qilgan "Paxtakor" FK rahbariyati tanaffus vaqtida sotilgan chiptalar asosida sovrinli o'yinni tashkil etdi. Barcha chiptalarning ikkinchi qismi maxsus idishga solinib, bo'limlar oralig'ida 10 nafar ishqiboz yutuqlar sohibi bo'ldi.
"Paxtakor" o'z maydonidagi navbatdagi uchrashuvni oliy liganing 5-turi doirasida "Olmaliq" bilan o'tkazadi. 12 aprel kuni bo'lib o'tadigan bellashuvda stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar sovrinli o'yinda klubimiz tomonidan beriladigan esdalik sovg'alarini yutib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Fikrlar