So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  15 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

"Paxtakor": SHota Arveladzeni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Paxtakor": SHota Arveladzeni tabriklaymiz!

Bugun "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze 45 yoshni qarshi olmoqda.

SHota futbolchi sifatida juda mashhur bo'lgan. U «Martve» (Gruziya), «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «Ayaks» (Gollandiya), «Reynjers» (SHotlandiya), «AZ» (Gollandiya) va «Levante» (Ispaniya) klublarida o'ynagan.

SHota Yustinovich Gruziya terma jamoasi tarixida eng yaxshi to'purar sanaladi - 26 gol muallifiga aylangan. 11-raqamli libos Gruziya FF qarori bilan umrbod unga berilgan.

Faoliyatida 610 uchrashuvda maydonga tushgan SHota Arveladze 383 to'p kiritgan.

SHota Arveladze o'tgan yilning iyun oyida "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan. Murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada "Qayserispor" va "Qosimposho" jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

SHota Arveladzening sovrinlari:
- "Ayaks" tarkibida Gollandiya chempioni (1997/98) va Gollandiya Kubogi sohibi (1997/98 va 1998/99);
- "Reynjers" tarkibida SHotlandiya chempioni (2002/03 va 2004/05) va SHotlandiya Kubogi sohibi (2001/02 va 2002/03).
- Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi (1994, 1998 va 2007)
- Turkiya chempionati to'purari (1995/96).

SHuningdek, bugun SHotaning egizagi Archil Arveladzening ham tug'ilgan kuni. U «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «NAK Breda» (Gollandiya), «Kyoln» (Germaniya), «Lokomotiv» (Tbilisi) klublarida o'ynagan. Gruziya terma jamoasi safida 8 yil mobaynida maydonga tushgan.

"Paxtakor" futbol klubi SHota va Archil Arveladzeni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi. Ularga uzoq umr, salomatlik, hayoti va faoliyatida yangi zafarlar tilab qoladi!

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика