So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қачон кириб келганини биласизми?  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

"Paxtakor" penalti tepmayapti (statistika) Yangiliklar

"Paxtakor" penalti tepmayapti (statistika)

Coca Cola Superliganing 15-turi ortda qoldi. Hammada o'yinlar soni tenglashganidan keyin qiziqarli raqamlarga to'xtalishga qaror qildik.

Bugungi mavzumiz penaltilar bo'ladi. Kim ulardan ko'p foydalanyaptiyu, qaysi jamoa ko'proq aziyat chekyapti?

Etiborli jihati, ayni paytdagi statistika 2021 yildagisiga teskari. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra barchadan kamroq penalti tepgan "Surxon" bu yil 11 metrli nuqtadan ko'proq foydalanmoqda.

"Uchar tulporlar" hozircha 5 marta penalti tepib, ulardan 4 tasini golga aylantirishdi. Termizliklardan "So'g'diyona" va "Neftchi" yaxshiroq natija qayd etyapti. To'liq jadval:

klub nomipenaltigol
"Surxon"54
"Neftchi"64
"So'g'diyona"65
"Qo'qon-1912"52
"Nasaf"54
"Bunyodkor"53
AGMK43
"Lokomotiv"33
"Qizilqum"33
"Navbahor"32
"Dinamo"22
"Metallurg"32
"Olimpik"32
"Paxtakor"11


"Paxtakor" sensacion ravishda chempionatning eng kam penalti tepgan jamoasi bo'lib turibdi. "SHerlar" 11 metrli nuqtadan faqat 1 marta foydalanishgan.

O'z imkoniyatlarini eng ko'p ko'kka sovurgan klub esa "Qo'qon-1912" hisoblanadi. "SHunqorlar" 3 marta penaltini" golga aylantira olishmagan.

SHohruz Norxonov 11 metrli jarima zarbasidan eng ko'p gol urgan futbolchi bo'lib turibdi (4 marta).

11 metrli nuqtani eng ko'p Akobirxo'ja SHukurullaev va SHavkat Nasibullaev ko'rsatgan (8 martadan).

Kun oxirida penaltidan aziyat chekayotgan jamoalar haqida gaplashamiz.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика