So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  21 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

"Paxtakor" - "Olmaliq" 1:0. Matnli translyaciya Yangiliklar

"Paxtakor" - "Olmaliq" 1:0. Matnli translyaciya

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan markaziy bahslardan biri bugun "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tdi.
Paxtakor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) 1:0
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

Gol:
Egor Krimec (51)

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Davron Hoshimov, Kamoliddin Tojiev (Akbar Ismatullaev, 90+1), Kaxi Maxaradze (s), Jamshid Iskanderov, Stanislav Andreev (Anvar Soliev, 82), Vladimir Kozak, Temur Hakimov (Igor Sergeev, 46)
Zaxira: Akmal Tursunboev, SHerzod Karimov, Jamshid Boltaboev, Jaloliddin Masharipov

"Olmaliq": Maqsatmurod SHomurodov, SHavkat Mullajonov (s), Aleksandr Alimpievich (Diyor Turopov, 46), Abduqaxxor Hojiakbarov, Obid Jo'raboev, Azamat Isroilov (Zohir Pirimov, 75), SHaker Zuagi, Dilyaver Abibullaev, Doston Abdurahmonov, Sanjar SHoahmedov, Zafar Polvonov (SHerzod Hakimov, 46)
Zaxira: Umidjon Xonimqulov, Darko Stanoevich, Iqbol Akramov, Sarvarjon Jo'raev,

Ogohlantirish: Maxaradze (18), Alimpievich (85), Kozak (90)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasi olib borildi.

                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

90+5. O'YIN TUGADI. "Paxtakor" mavsumdagi 5-g'alabasini qo'lga kiritdi


90+4. "Olmaliq" to'liq tarkib bilan hujumda, Jarima maydoniga oshirilgan to'pni Miladinovich qaytardi.

90+2. Ogohlantirish. Vladimir Kozak

90+1. O'zgarish. "Paxtakor". Kamoliddin Tojiev o'rniga Akbar Ismatullaev tushdi

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! Turopovning chap qanotdan oshirgan to'pini Doston Abdurahmonov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!

88. "Olmaliq"ning hujumi oxiriga etmadi. Maydonda Kamoliddin Tojiev yotibdi

85. Ogohlantirish. "Olmaliq". Aleksandr Alimpievich

83. Jamoalar juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishmoqda, maydon xo'l ekanligi bunga sabab bo'lmoqda

82. O'zgarish. "Paxtakor". Stanislav Andreev o'rniga Anvar Soliev tushdi

80. Andreev maydonda yotibdi, unga shifokorlar yordam berishmoqda.

79. Hozirgi vaqtga kelib aniq zarbalar soni 5:2.

78. Qarshi hujum navbati mehmonlarda. SHoahmedovning oshirgan to'pini Turopov darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

77. Igor Sergeev qarshi hujumga o'tib ketdi, undan to'pni Alimpievich olib qo'ydi. "Paxtakor" burchak to'pini amalga oshiradi. Samarasiz.

76. Turopov to'pni jarima maydoniga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. "Olmaliq" hujum qilishda davom etmoqda

75. O'zgarish. "Olmaliq". Azamat Isroilov o'rniga Zohir Pirimov tushdi

Dahshatli yomg'ir yog'moqda



65` Igor Sergeevning kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

63` Ob-havo dahshatli bo'lmoqda.

59` Jamshid Iskanderovning chiroyli tarzda yo'llagan zarbasini SHomurodov ushlab oldi.

56` Kuchli yomg'ir boshladi va muxlislar stadionni tark etishmoqda.

53` "Paxtakor" ikkinchi bo'limni o'zgacha boshladi va raqibini jarima maydonchasi ichiga qamadi. Nihoyat Egor Krimec "sherlar"ning hujumini gol bilan yakunlashga erishdi.

51` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Krimec! 1:0!


48` Jamshid Iskanderovning zarbasi darvoza oldidin o'tib ketdi.

47` "Paxtakor" ikkinchi bo'limni tajovuzkorlik bilan boshladi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Uchrashuvning birinchi bo'limi tugadi. Tanaffus!


45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44` Maqsatmurod SHomurodov to'pni o'yinga kiritishni chuzganligi sababli Ilgiz Tantashev tomonidan sariq kartochka bilan siylandi.

42` "Paxtakor" tanaffusgacha to'p kiritish ilinjida harakat qilmoqda. Lekin so'nggi soniyalarda "sherlar"ga aniqlik etishmayapti.

40` Jamshid Iskanderovni yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. Zarba kuchli chiqqan edi.

39` "Paxtakor" burchak to'pini amalga oshirdi. Ushbu standart vaziyati xavfli ko'rinish oldi. Lekin "Olmaliq" posboni Maqsatmurod SHomurodov o'zini ko'rsatdi!

37` "Olmaliq" posboniga tibbiy yordam ko'rsatildi.

35` "Paxtakor" raqibiga katta bosim uyushtirmoqda. Lekin bu hozircha samarasiz.

32` "Paxtakor" yarim himoyachisi Vladimir Kozak xavfli zarba yo'lladi. Lekin zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

28` O'yin tempi biroz oshdi.

26` Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat "Olmaliq" himoyachilarining xatosi evaziga sodir etildi.

24` Temur Hakimov!!!!!!!!! Hujumchi bu vaziyatda qanday harakat qilishni bilishi kerak! Temur Hakimov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatidan foydalana olmadi. Deyarli yuz foizlik imkoniyat ko'kka sovurildi!

23` Egor Krimec hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq deb topildi.

21` O'yinni hozircha hech bir jamoa chinakamiga jonlantira olmayapti.

20` "Paxtakor" jonlandi. "SHerlar" burchak to'pi ishlab olishdi. Ushbu standart vaziyati "sherlar"ga naf keltirmadi.

19` O'yin tempi u qadar yuqori emas.

18` Kaxi Maxaradze hakam tomonidan ogohlantirildi.

17` "Paxtakor" muxlislari o'z jamoalarini oldinga chorlashmoqda.

16` "Olmaliq"ning bu safargi standart vaziyati ham foyda keltirmadi.

15` Kamoliddin Tojiev Abduqahhor Xojiakbarovga nisbatan qoidani buzdi.

14` Hozircha "Olmaliq" yomon o'ynamayapti. Mehmonlar o'z omadlarini raqib darvozasi oldidan qidirishmoqda.

12` Dilyaver Abibullaevning jarimadan yo'llagan xavfli zarbasini Lobanov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

11` "Olmaliq" jarima zarbasi ishlab oldi.

9` "Paxtakor"ning pozicion hujumi. Andreev to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. Lekin Temur Hakimov to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

6` "Paxtakor" tezkor gol kiritish maqsadida hujumga otlanmoqda. Lekin "Olmaliq" himoya qo'rg'onini yorib o'tish hozircha ularga nasib etmayapti.

5` "Olmaliq" yaxshi hujum tashkil qildi. Dilyaver Abibullaevning uzatib bergan to'pini Zafar Polvonov boshi bilan Lobanov darvozasiga yo'lladi. Biroz noaniq.

4` Mehmonlar faollashishdi. "Paxtakor" navbatdagi hujumni o'z jarima maydonchasi oldidan boshlashga majbur.

2` "Olmaliq" hujumga o'tdi. Lekin "Paxtakor" himoyasi ishonchli harakat qildi.

1` "Paxtakor" uchrashuv debyutidayoq oldinga borishga urinmoqda.

Demak boshladik! Uchrashuvga start berildi!


Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

Ayni paytda yog'imgarchilik yo'q. Jamoalar maydonga chiqib bemalol futbol o'ynashlari mumkin. Do'lda qolib ketganlar esa namlanib futbol tomosha qilishlari mumkin :-)

Toshkentda hozirgina kuchli yomg'ir aralash do'l yog'ib o'tdi. Bu ayrim muxlislarni uylariga ravona bo'lishiga sabab bo'ldi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liga 5-tur o'yini "Paxtakor" - "Olmaliq" o'yinidan matnli onlayn translyaciyasini olib boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика