So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  6 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  31 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

"Paxtakor" OCHLda qanday ishtirok etdi? Yangiliklar

"Paxtakor" OCHLda qanday ishtirok etdi?

O'tgan kuni O'zbekistonning amaldagi chempioni Osiyo CHempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi.

"SHerlar" o'z zonasidagi qafasni yorib chiqolmadi. Bunga to'daboshining yaralanganini (Dragan CHeranning jarohati) ham sabablardan biri sifatida keltirish mumkin. Biroq toshkentliklar turnir davomida o'zining asosiy etakchisisiz o'ynashga moslashdi, guruhdagi har qanday raqibga boshog'riq bo'la oldi, biroq biz har doimgi muvaffaqiyatsizliklardan keyin takidlaydigan omadmi yoki boshqa allambalolar etishmadi. Garchi "Paxtakor" 5-turdan keyinoq eng oxirgi o'rinni hech kimga berib qo'ymasligi malum bo'lgan bo'lsa-da, turnir davomida ho'ngrab yig'lashiga arzirli o'yin namoyish etmadi. Hattoki "Al Duxail"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan bahsda ham O'zbekiston chempioni ustunlikka ega bo'ldi, arzimas xatolar evaziga klubning darvoza to'rlari tarsaki edi. Quyida keltirilgan 6 o'yinning 4 tasida "Paxtakor"ning ustunlik qilganini ko'rishimiz mumkin. 


"Paxtakor" - "Sepaxon" 1:3

To'pni egallash: 45-54

Zarbalar: 6-18

Aniq zarba: 1-5

Noaniq zarba: 4-9

Blok qo'yilgan zarbalar: 1-4

Burchak zarbasi: 3-8

Hujumlar: 104-105

Xavfli hujumlar: 54-78


"Al Taavun" - "Paxtakor" 0:1

To'pni egallash: 51-49

Zarbalar: 9-12

Aniq zarba: 1-5

Noaniq zarba: 2-4

Blok qo'yilgan zarbalar: 6-3

Burchak zarbasi: 2-9

Hujumlar: 87-87

Xavfli hujumlar: 54-80


"Al Duxail" - "Paxtakor" 3:2

To'pni egallash: 62-38

Zarbalar: 18-11

Aniq zarba: 5-6

Noaniq zarba: 10-3

Blok qo'yilgan zarbalar: 3-2

Burchak zarbasi: 7-3

Hujumlar: 109-83

Xavfli hujumlar: 70-56


"Paxtakor" - "Al Duxail" 0:3

To'pni egallash: 53-47

Zarbalar: 15-5

Aniq zarba: 5-4

Noaniq zarba: 8-1

Blok qo'yilgan zarbalar: 2-0

Burchak zarbasi: 6-1

Hujumlar: 56-50

Xavfli hujumlar: 55-35


"Sepaxon" - "Paxtakor" 2:1

To'pni egallash: 41-59

Zarbalar: 9-10

Aniq zarba: 2-5

Noaniq zarba: 6-4

Blok qo'yilgan zarbalar: 1-1

Burchak zarbasi: 3-8

Hujumlar: 76-84

Xavfli hujumlar: 44-56


"Paxtakor" - "Al Taavun" 5:4

To'pni egallash: 55-45

Zarbalar: 14-11

Aniq zarba: 9-4

Noaniq zarba: 3-6

Blok qo'yilgan zarbalar: 2-1

Burchak zarbasi: 8-5



Eng yaxshi o'yinchi: Hojiakbar Alijonov 

"Paxtakor"ning o'ng qanot himoyachisi turnir davomida nafaqat himoyada, balki hujumda ham faolligi bilan ajralib turdi. 6 o'yinning barchasida maydonda javlon urgan Alijonov o'z hisobiga 1 gol hamda 1 assistni qayd etib qo'ydi. SHuningdek, 7 ta xavfli vaziyat yaratdi (klubning CHeran tomonidan kiritilgan ilk goli ham Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasi natijasida vujudga kelgandi). O'z darvozasidan faraz qilganimizdan bir necha barobar ko'proq to'p o'tkazib yuborib, ishqibozlar tomonidan o'zbek tilidagi jamiiki aytib bo'lmas so'z boyligidan bahramand bo'lgan himoyachilarning aybini bekitishda o'ng qanot himoyachisining mehnati asos bo'la oladi.


To'purar: Sardor Sobirxo'jaev

Musobaqa avvalida doimgidek klub etakchisi CHeranning eng ko'p gol kiritishi kutilgandi, biroq serbiyalik hujumchi safdan chiqqach, klubning rejalari ham o'zgarib ketdi. SHunga qaramay, goleador futbolchi oldingi chiziqda harakat qiladigan SHarkich, Erkinov, Rashidov kabi o'yinchilar emas, himoyaga ko'proq yordam beradigan yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaev bo'ldi. Barcha o'yinlarda ishtiroketgan Sobirxo'jaev yuzaga kelgan 3 ta vaziyatning 2 tasini golga aylantirgan. Gollar ham chiroyli ko'rinish oldi. SHuningdek, Sardor tarkibda eng ko'p pas bergan o'yinchi sanaladi - 361 pasdan 88%i mo'ljalga eson-omon etib borgan.


Baloga yo'liqqan CHeran

"Paxtakor" etakchisining jarohat olishi klubdagilarning tushiga ham kirmagan bo'lsa kerak. Hujumning asosi aynan serb futbolchisi atrofida tashkil etilardi. 34 yoshli forvardsiz ham Akfa homiyligidagi jamoaning o'yini yomon taassurot qoldirmadi, biroq baribir ko'pgina vaziyatlarda hujumlarni yakunlovchi etishmadi. 


Darvozabonlar

Dastlabki to'rtta bahsda "Paxtakor" darvozasini qo'riqlagan Eldor Suyunov oz emas, o'rtacha ham emas, naq 9 bor o'zi qo'riqlayotgan hududdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Oxirgi ikki uchrashuvda maydonga tushgan Sanjar Quvvatov ham poziciyadoshidan qolishmaslikka harakat qildi, u 6 marta raqiblar nishoniga to'g'anoq bo'la olmadi. Umuman olganda, raqib futbolchilari Suyunovga 42 bor, Quvvatovga 19 bor "hamla qilishdi". SHulardan mos ravishda 14 tasi Suyunov, 7 tasi Quvvatovning qurg'oni tomon aniq yo'naltirilgan. Demak, 33 raqamli posbon 5 ta seyv ijro etgan bo'lsa, 35 raqamli darvozabon aniq yo'llangan 7 zarbaning 6 tasini o'tkazib yuborgan. Terma jamoa darvozabonlari uchun bunday natija yarashiqli emas, albatta.


Legionerlar


Ko'pchilik tomonidan tanqidlarga sabab bo'layotgan "chet el xo'rozqandlari"ning mahorati haqida ularning klub safidagi debyut o'yinidayoq fikr bildrgandim. O'shanda ko'pchilik tomonidan hali ularning moslashishiga vaqt kerakligi aytilgandi. Ularning fikrida ham zarracha jon bordek edi, men ham unga qo'shilgandim. Larin-Xadjiev tandemi hozir ham Superligada bemalol xotirjam harakat qila oladi, chunki chempionatda Edmilson singari hujumchilar yo'q. Ularning haqiqiy kuchini esa guruh bosqichi ko'rsatib berdi. Angliyadanmi, Montenegrodanmi olib kelingan SHarkich ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan bo'lsa, etakchiligi bilan ajralib turmadi. Xorijliklik legionerlar nimasiga qarab sotib olinganiga xotiram etmayapti. Oxirgi yillarda klubga tashrif buyurayotgan "falonchi falonchi"lar faqatgina "soqqa" qilib ketishga yaramoqda. Misol uchun 4 ta o'yinda maydonda harakat qilgan Aleksiy Larin to'p uchun kurashlarning atigi 48% ida yutib chiqqan, 3 ta bahsda to'p tepgan Xadjievda bu ko'rsatkich 56% ni tashkil etadi. Osiyo CHempionlar ligasida o'ynayotgan himoyachilarning bunday natijasi eshitgan quloqqa Afandining latifasi tinglagandagi kayfiyatni namoyon qiladi. Havodagi kurashlarga nazar soladigan bo'lsak, Larin bor-yo'g'i 31% vaziyatlarda ustun kelgan, Xadjievda esa bu 50% ni ko'rsatmoqda. Bu esa Ibragimovich kabi jussaga ega futbolchining sakramasdan gol urish ehtimolini oshiradi. "Al Duxail"ga qarshi bahslarda buning yaqqol guvohi bo'ldik. To'pni raqibdan olib qo'yish bo'yicha ham mos ravishda Aleksiy 33%, Kamen 43% ko'rsatkich qayd etgan.


Kashfiyot: yoshlar

"Paxtakor"ning yosh futbolchilari turnir davomida yaxshi taassurot qoldirdi. Ular akalarining davrasida yo'qolib qolishmadi. Jumladan, 20 yoshli Hojimat Erkinov barcha 6 uchrashuvda maydonga tushdi hamda 1 gol, 2 assist qayd etib, yarim himoyachi bo'lishiga qaramasdan, oldinga chiziqda CHeranning o'rnini bildirmaslikka harakat qildi. SHuningdek, 19 yoshli Diyor Holmatov 4 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Ayniqsa, klub ishtirokidagi so'nggi o'yinda zaxiradan maydonga tushsa-da, o'zining yorqin qirralarini namoyish eta oldi. Uning tengdoshi bo'lgan Abbos Ergashboev ham sanoqli daqiqalar maydonda harakat qilgan bo'lsa-da, yaqinlariga maqtanishga arzirli g'alaba to'pini kiritdi. Uning adashi bo'lgan Fayzullaev ham maydonda javlon urganlar ichida eng jajjisi bo'lishiga qaramay, o'zidan kattalarga ham bazi jabhalarda dars bera olishini isbotladi. 3 uchrashuvda maydon ko'rgan Abbos ham gollar qaydnomasiga o'z ism-familiyasini kiritishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, SHahzod Azmiddinov, Jasurbek Yoqubov, Mirjahon Mirahmadov, SHahriyor Jabborov singari yosh iqtidorlar ham kelgusida klub shanini himoya qila olishini isbotladi.

O'zbekiston Superligasidagi o'yinlari uchun ko'pchilik tomonidan qo'shtirnoq ichidagi maqtovlar yog'ilsa-da, xalqaro maydonda klubimizni sharaf ila qo'llab-quvvatlaymiz. Ularning qo'lga kiritayotgan har bir ochkosi mamlakat uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Menga "Paxtakor" yoshlarining o'yinlari ko'proq manzur bo'ldi. To'g'ri, ularda hali tajriba etishmovchiligi kuzatilar, biroq kelgusida "sherlar" tarkibi yana "Nasaf" etakchilari bilan to'ldirilmasligiga umidim bor harqalay. Poytaxtliklarning turnirdagi ishtiroki Yurgen Kloppning dastlabki yillarda qabul qilib olgan "Liverpul"iga biroz o'xshab ketdi. Yani, jamoa ko'pincha ochiq o'yin taklif qildi. O'zi ham istagancha gol urdi, raqiblarini ham maksimal xursand qilishga intildi. Kelgusida "Paxtakor", umuman olganda, "Olimpik"mi, AGMKmi, qaysi jamoa bo'lishidan qati nazar, Osiyo maydonlarida boshqa jamoalarning titratadigan klubga aylanishini istardik. "Nasaf" esa to'siqlarni yorib o'tdi, bundan benihoya xursandman. Hali "Nasaf"ning ham guruh bosqichidagi ishtiroki haqida to'xtalib o'tishga harakat qilaman.


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика