"Paxtakor": Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
20 mar 2014 11:56
Yangiliklar

"Paxtakor": Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
"Paxtakor" FK O'zbekiston ahlini Navro'z bayrami bilan muborakbod etadi.
Navro'z SHarq xalqlarida azaldan yasharish, yangilanish fasli boshlanishi sifatida qadrlanib, nishonlab kelingan. Barcha ko'klam va Navro'zni o'zgacha sog'inch bilan qarshi oladi.
"Paxtakor" futbol klubi serquyosh Vatanimizda istiqomat qilayotgan barcha insonlarni Navro'z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
Yurtimizda Navro'z shodiyonalari allaqachon boshlab yuborildi. Ushbu bayram kayfiyati barchangizga hamroh bo'lsin, tinchlik, omad, baxt va salomatlik hech kimni tark etmasin. Ezgu niyatlaringiz va yaxshiliklar ruyobga chiqishini, xonadonlaringizga qut-baraka, farovonlik va shodlik tilaymiz.
Barchangizga Navro'z bayrami muborak bo'lsin!

Fikrlar