So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

"Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi hakami Asimov qaerda xato qilgani aytildi - tahlilchi guruhlarning dastlabki rasmiy xulosasi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi hakami Asimov qaerda xato qilgani aytildi - tahlilchi guruhlarning dastlabki rasmiy xulosasi

Superliganing 3-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidagi bahsli holatlar va hakamlik borasida juda ko'plab savollar yuzaga keldi.

Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar va Nazoratchilar Departamenti direktori Mamur Saidqosimov bilan bog'landik.

Tabiiyki savol o'yindagi bahsli holatlar bo'yicha bo'ldi.

O'FA Hakamlar va Nazoratchilar Departamenti direktorining so'zlariga ko'ra, Superliga uchrashuvlarini O'FA binosi ichida hakamlar departamentining tahliliy guruhi onlayn ravishda ko'rib borishadi va hakam qarorlari bo'yicha o'z xulosalarini berishadi. Bugungi bahs ham bundan mustasno bo'lmagan.

Hakamlar departamentidagi tahliliy guruh xulosasiga ko'ra, "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvini boshqarib borgan Aziz Asimov o'yinning 7-daqiqasida "Nasaf" jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan vaziyatda adashgan. Yani, "Nasaf" himoyachisi Mannonov Jaloliddin Masharipovga nisbatan qoidani buzgan, ammo Asimov mazkur vaziyatni ko'zdan qochirgan va belgilanishi mumkin bo'lgan 11-metrlik "nuqta"ni ko'rsatmagan.

Qolgan vaziyatlar, xususan 11-daqiqadagi belgilangan penalti to'g'ri deb topilgan. Xulosaga ko'ra, takroriy lavhada to'p "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaevning qo'liga tekkani ko'ringan va penalti to'g'ri belgilangani aytilgan.

Aziz Asimov tomonidan uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda "Paxtakor"ning g'alaba to'pi ham qoidalarga mos ravishda kiritilgani aytildi. O'FA Hakamlar Departamentidagi tahliliy guruh xulosasida gol to'g'ri inobatga olingani takidlandi.

Gol urilgan vaziyat, yani Akrom Komilovning to'pni darvozaga tepish chog'ida "Paxtakor" futbolchilari Marat Bikmaev va Egor Krimec o'yindan tashqari holatda bo'lmagan. Ikkinchi epizodda esa to'pga Bikmaev emas, balki Eshmurodov o'ynagani aytilgan.  Qo'shimchasiga, o'sha vaziyatda qanot hakami Rasul Fozilov to'pga himoyachi o'ynaganini aniq ko'rganini takidlagan. SHu boisdan ham gol bo'lganini qayd etib ishonch bilan maydon markazi tomon yugurgan.

SHu tariqa mazkur uchala bahsli va savollar paydo bo'lgan vaziyatlarga O'FA Hakamlar va Nazoratchilar Departamentining tahliliy guruh xulosasiga ko'ra, "Paxtakor"ning har ikkala goli haqqoniy kiritilgan. Ungacha bo'lgan vaziyatda esa maydon egalari foydasiga penalti belgilanmaganligida Aziz Asimov adashgan xolos.

Qayd etish kerakki, bu O'FA Hakamlar va Nazoratchilar Departamentining uchrashuvdan keyingi dastlabki xulosasi. Buni bizga mazkur bo'lim rahbari Mamur Saidqosimov malum qildi. Ular esa Sport kanali takroriy lavhalari orqali vaziyatga baho berishgan.

Mamur Saidqosimovga ko'ra, ertaga mazkur o'yindagi hakamlik va vaziyatlar qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

SHuningdek, Mamur Saidqosimovga nega markaziy o'yinga malakaliroq hakam tayinlanmadi, degan savol bilan murojaat qildik. CHunki aynan Asimov boshqargan 2017 yildagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvida ham hakamlarning, ayniqsa yon qanot hakamining qo'pol xatosi yakunda katta mashmashalarga sababchi bo'lgani eslatildi. Mutaxassisning fikriga ko'ra, Aziz Asimov ayni paytda xalqaro o'yinlardagi ishi bilan barchada iliq taassurot qoldirmoqda va uning darajasi mazkur bahs statusiga mos tushadi. Qo'shimcha sifatida, o'tgan yilgi Osiyo o'yinlari finalida ham aynan Asimov ishlagan va bahsni juda yaxshi boshqarib borgan. Kelajakda esa Aziz Asimov yanada katta o'yinlarda, xususan OCHLdagi muhim bahslarda ham ishlashiga ishonishini takidladi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev Aziz Asimovning ishidan ko'ngli to'lmaganini yashirmadi hamda o'yin hakam tomonidan "buzib" qo'yilganini takidladi. Markaziy bahslarda malakali, salohiyati va darajasi yuqori bo'lgan hakamlar qo'yilishi maqsadga muvofiqligini aytib o'tdi. Berdiev o'yindan keyin kiyinish xonasida yosh futbolchilar yig'lab o'tirganini qo'shimcha qilib, "Paxtakor" o'yinni buzib qo'ygan hakamlar yordamiga muhtoj emasligini aytdi.

2017 yili Mirjalol Qosimov ham aynan Aziz Asimov boshqargan o'yindan keyin "Paxtakor" hakamlar yordamiga muhtoj emasligini aytib, hakamga insof tilagandi.


P.S. Qayd etish kerakki, takroriy lavhalarda mazkur holatlar bo'yicha aniq fikr bildirish biroz qiyin. CHunki takroriy lavhalarda belgilangan penalti va ikkinchi goldagi vaziyatda to'pga kim o'ynagani aniq ko'rinmagan. O'FA Hakamlar va Nazoratchilar Departamenti xulosasi esa asosan o'sha o'yin efiridagi lavhalar orqali chiqarilgan. Saytimiz operatorlari tomonidan tasvir olingan pallada belgilangan penaltidagi holat mavjud. Ertaga mazkur vaziyatni ham "CA" obektividagi variantini etiboringizga havola etamiz.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: -159   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика