So’nggi yangiliklar

17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  1 17:00Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  3 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   25

Paxtakor muxlislari - Xamsa bo'yicha O'zbekiston chempioni! Yangiliklar

Paxtakor muxlislari - Xamsa bo'yicha O'zbekiston chempioni!

22-23 mart kunlari “Xamsa” intellektual o'yini bo'yicha O'zbekiston chempionati ikkinchi bor tashkil etildi.
Shodlik Palace mehmonxonasida o'tgan o'yinlarda mamlakatimizdan 14 jamoa ishtirok etdi. “Paxtakor” jamoasi ham qatnashgan o'yinga mehmon sifatida ushbu intellektual o'yin asoschisi Faik Guseynov ham tashrif buyurdi. “Xamsa” haqida ushbu havoladan malumot olishingiz mumkin: "XAMSA". Dastlabki kun eng kuchli 4 jamoa nomi aniqlandi. Buning uchun yarim finalga yo'l olgan 8 jamoa nomi yozma tanlovida sarab olindi. “Paxtakor” unda 1-o'rin bilan keyingi davraga chiqdi.

Yozma tanlov natijalari:
1. Paxtakor (Toshkent) +7100
2. N.Z. (Navoiy viloyati terma jamoasi) +6400
3. Marmaks (Toshkent) +6100
4. 7Hz (Toshkent) +4700
5. SONET (Toshkent) +4400
6. My (Toshkent) +4400
7. Pi kvadrat (Toshkent) +4400
8. Bis (Toshkent) +4100

Keyin jamoalar 2 guruhga bo'lindi. Guruhlar tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:
A guruhi: Paxtakor, 7Hz, SONET, Bis.
B guruhi: N.Z., Marmaks, My, Pi kvadrat.
A “Paxtakor” katta farq bilan SONET jamoasini ortda qoldirdi.

A guruhi:
1.  Paxtakor +13600
2. SONET +1300
3. 7Hz –1200
4. Bis –2000

“V” guruhida My va Marmaks jamoalari finalga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
V guruhi:
1.  My +5800
2. Marmaks +3640
3. Pi kvadrat +2
4. N.Z. –600

Navbatdagi kunda final bahslari o'ynaldi. 4-turdan so'ng “Marmaks” jamoasi ochkolardagi salbiy balans tufayli final raundda ishtirok etmasligi oydinlashdi.

Final raundidan oldindi jadval:
1.  Paxtakor +4100
2. SONET +1300
3. My +3100
4. Marmaks –800

Final raundidagi savolga hech bir jamoa to'g'ri javob bera olmadi. SHunday qilib, oxirgi raundga qo'yilgan ballar stavkasi olib tashlangach, (Paxtakor +2101, SONET +1200, My +3100) “Paxtakor” “Xamsa” bo'yicha O'zbekiston chempioniga aylandi.

Yakuniy natija:
1. Paxtakor +1999
2. SONET +100
3. My +0

“Paxtakor” 2013 yil O'zbekiston chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritgandi. Bu safar birinchi o'ringa ega chiqildi. Eng muhimi, jamoa 2014 yil oxirida Bokuda o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanma oldi.


Jamoa tarkibi (chapdan o'ngga): Kristina Ryabova, Aleksey Ivanov, Aleksandr Raykov, Nurana Velieva, Rustam Niyozov, German Stimban, Otabek Jo'raev (s).
Jamoa murabbiyi: G'anisher Rahmatullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика