So’nggi yangiliklar

08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  0 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  1 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2

"Paxtakor": Islohotlar - kelajak sari tashlangan qadam Yangiliklar

"Paxtakor": Islohotlar - kelajak sari tashlangan qadam

Teglar :  Paxtakor
O'zbekiston xalqi ikki bayram – O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi va Qurbon Hayitini nishonlamoqda.

“Paxtakor” futbol klubi rahbariyati ushbu qo'shaloq bayram munosabati bilan O'zbekiston xalqini tabriklaydi va mustaqil Vatanimizning yanada gullab-yashnashini tilaydi.

Bayram arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtakor” futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori elon qilindi. Ushbu hujjat “Paxtakor”ni  har tomonlama  rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmaga ega klub darajasiga olib chiqishda muhim dasturilamal bo'lmoqda.

Davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taminlashda barcha tegishli vazirliklar, idoralar va sarmoyador kompaniya  -  “SFI Management” MCHJ XK ishtirok etadi.

2017 yil tashkil etilgan “SFI Management” MCHJ XK kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan talablarga binoan, yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan. Kompaniya turli yirik investicion loyihalarda ishtirok etmoqda hamda mamlakatimiz taraqqiyoti va uning iqtisodiyoti ravnaqi yo'lida o'z hissasini qo'shmoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston futbolini rivojlantirish va uni jahon darajasiga olib chiqish “Paxtakor” futbol klubining ham  bosh maqsadidir. Klub rahbariyati bu borada “Paxtakor” markaziy stadionini zamonaviy texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda, jahon standartlari asosida qayta qurishni rejalantirgan. Yangi stadionni bunyod etishda futbolchilar, muxlislar va turli yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatadigan xodimlar uchun eng qulay sharoitlar yaratishga alohida etibor beriladi.

Klubdagi yangilanish va bunyodkorlik ishlari jarayonida “Qibray” sport  bazasi, “CHilonzor” sport majmuasi hamda futbol akademiyasi to'liq rekonstrukciya qilinadi.

Albatta, keng ko'lamli bu islohotlar xalq jamoasi  - “Paxtakor”ning avvalgi shonu shuhrati yuksak mavqeini tiklashga xizmat qiladi. Bugun amalga oshirilayotgan ishlar o'zining yuksak samaralarini berishi, shubhasiz!

“Paxtakor” klubi hamyurtlarimizni eng ulug', eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 26 yilligi va muborak Qurbon Hayiti bilan muborakbod etib, barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va farovon hayot tilaydi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика