"Paxtakor" faxriylari 11 avgust kuni Minskda "Dinamo"ga qarshi o'ynaydi
31 iyu 16:53
Yangiliklar
"Paxtakor" faxriylari 11 avgust kuni Minskda "Dinamo"ga qarshi o'ynaydi
1979 yilning 11 avgustda ro'y bergan mashum fojiaga bir necha kundan keyin 45 yil to'ladi.
O'shanda Minskka yo'l olgan jamoamizning 17 nafar azosi aviahalokat tufayli halok bo'lgan.
Oradan 45 yil o'tgach, o'sha o'tkazilmay qolgan bahsda Minskning "Dinamo" va "Paxtakor" faxriylari Minskda maydonga tushadi. "Xotira o'yini - tinchlik o'yini" shiori ostidagi mazkur uchrashuv 11 avgust kuni Minskdagi "Dinamo-Yuni" stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.
Surat "Dinamo" Minsk klubiga tegishli
"Paxtakor" faxriylari safida Ahmad Ubaydullaev, Rustam Mirsodiqov, Gennadiy Denisov, Marat Kabaev, Igor SHkvirin, Farhod Magomedov, Anatoliy Solovev, Aleksandr Juravlev, Oleg Sinelobov, Oleg Sobirov kabi sobiq futbolchilar to'p tepishi kutilmoqda.
Fikrlar