So’nggi yangiliklar

12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  0 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  2 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  4 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3

"Paxtakor" "Dinamo"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Paxtakor" "Dinamo"ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  PaxtakorDinamo
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi yakuniga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


"Paxtakor" - "Dinamo" 2:0
18 aprel 2019 yil. "Paxtakor" stadioni. 18:15
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farrux Yansupov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Sidiqov 75, Masharipov 81.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Marko Simich, Egor Krimec (S), Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev (Odilbek Hamrobekov 45), Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran (Igor Sergeev 86), Dostonbek Hamdamov (Jasur Yaxshiboev 70), Marat Bikmaev
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akrom Komilov, Odiljon Hamrobekov, SHerzod Azamov, Sardor Sobirxo'jaev, Vladimir Kozak, Sobit Sindarov.

"Dinamo": SHohruhjon Eshbo'taev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Amirjon Safarov 62), Bobur Qosimov, Abbos SHodmonov, Damir Temirov (Siroj Hamroev 67), Sardorbek Eminov, Ixtiyor Toshpo'latov (Nizomjon Norov 78).
Zaxira: SHohruhjon Raimov, Avaz Agaliev, Vohid SHodiev, Komil SHarofutdinov, Obidjon Hakimov, Dilmurod Karimov.


Paxtakor

Javohir Sidiqov - 75', Jaloliddin Masharipov - 81'

Superliga. 5-tur

18/04/2019, 18:15

0
:
2
Tugadi

Dinamo

45'
90'
45'  Sadriddin Abdullayev (Odiljon Hamrobekov)
70'  Dostonbek Hamdamov (ZHasur YAxshiboev)
75'  Javohir Sidiqov
81'  Jaloliddin Masharipov
86'  Dragan CHeran (Igor Sergeyev)
62'  Qadamboy Nurmetov (Amirzhon Safarov)
67'  Damir Temirov (Siroj Hamroyev)
78'  Ixtiyor Toshpo’latov (Nizomjon Norov)



MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Asosiy vaqtga +3 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBA! Yaxshiboev "Dinamo" ustunini nishonga oldi.

86. O'zgarish. Dragan CHeran maydonni tark etdi. Uning o'rniga Igor Sergeey tushirildi.

85. "Dinamo" hujumni davom ettirmoqda. Burchak zarbasi juda xavfli chiqdi, ammo berilgan zarba biroz noaniq ketdi.

83. Eminov "Paxtakor" darvozasiga zarba berdi, ammo Quvvatov seyv amalga oshirdi.

81. GOOOL! MASHARIPOV o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Jaloliddin jarima maydonchasi tashqarisidan SHohruh Eshbo'taev darvozasining yaqin burchagini nishonga ola bildi. 2:0

78. O'zgarish. Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga Nizomjon Norov maydonga tushdi.

75. GOOOL! SIDIQOOV! Yaqinda maydonga tushgan Yaxshiboevning uzatmasini Javohir boshi bilan golga aylantirdi.

70. O'zgarish. Dostonbek Hamdamov o'rnini Jasur Yaxshiboev egalladi.

67. O'zgarish. Damir Temirov o'rniga Siroj Hamroev maydonga tushdi.

63. Qarshi hujumlar ketma-ketligi! Avvaliga Samarqanda klubi vakillari tezkor qarshi hujum uyushtirishdi, biroq Quvvatov uzatmani egallab, o'z jamoasining "kotrataka"si boshlanishiga imkon yaratdi. Bikmaev yo'llagan zarbani Eshbo'taev qaytardi.

62. O'zgarish. Qadamboy Nurmetov o'rniga Amirjon Safarov maydonga tushdi.

60. CHERAN! Standartdan uzatilgan to'pni Dragan darvozaga burishga harakat qildi, ammo zarba yo'nalishi biroz noaniq bo'ldi.

58. BIKMAEV! Bu safar Marat darvoza to'sinini nishonga oldi.

57. "Paxtakor" katta kuch bilan hujumga o'tgan, ammo golga aniq zarba etishmayapti.

56. MASHARIPOOOV! Jaloliddin bergan zarba to'singa tegdi!

55. HAMDAMOV! Dostonning zarbasini "Dinamo" posboni Eshbo'taev qaytarishga muvaffaq bo'ldi, ajoyib seyv.

54. "Paxtakor" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Bikmaev bu uchrashuvda ham standartdan gol urishga urindi, biroq u tepgan to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

49. Masharipov uzatmasidan so'ng "Dinamo" posboni to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi, burchakdan uzatilgan to'pni Jaloliddin darvozaga burishga urindi, biroq noaniq.

48. "Dinamo" taymni faol boshladi. Samarqand jamoasi burchak zarbasi amalga oshirdi, biroq bunday naf chiqara olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

45. O'zgarish. Sadriddin Abdullaev o'rniga Odilbek Hamrobekov maydonga tushdi.

41. "Dinamo" xavfli hujum amalga oshirayotgan edi, ammo samarqandlik futbolchi o'yindan tashqari holatda ekanligi sabab xavf o'z-o'zidan yo'qqa chiqdi.

39. "SHerlar"ning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Bikmaev deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

38. Masharipov raqib jarima maydonchasiga kirib, "Dinamo" darvozasi tomon zarba berdi, biroq Eshbo'taev to'pni qaytardi.

35. To'p nazorati "Paxtakor"da bo'lishiga qaramay ular "Dinamo" himoyasini yorib o'ta olishmayapti. Samarqandliklar esa imkon bo'ldi deguncha qarshi hujumlar uyushtirishmoqda.

30. O'yin tempi yanada pasaydi. Jamoalar ko'proq markazda to'p almashishmoqda.

25. Hozircha hech bir jamoa golga tortadigan vaziyat yarata olgani yo'q. O'yin tempi baland emas.

21. Loqaev Quvvatov darvozasiga zarba berdi, ammo "Paxtakor" posboni to'pni egallab oldi. 

19. "Dinamo" qarshi hujumga o'tdi, Sardor Eminov uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olishga urindi, noaniq.

17. "Paxtakor" ketma-ket ikkita hujum amalga oshirdi. Avvaliga Sayfiev chap qanotdan hujum uyushtirdi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. Keyingi hujumda Abdullaev uzoq masofadan "Dinamo" darvozasiga zarba berdi, Eshbo'taev o'z o'rnida.

11. ZARBA! Doston Hamdamovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

9. Akmal Xolmurodov CHeran tomonidan uyushtirilgan hujumni qaytarib qoldi

8. Navbatdagi xavfli hujum! Qarshi hujumda Jasur Azimov raqibni jazolashi mumkin edi, ammo Nurmetov ofsaydda qoldi...

7. Bikmaevning uzatmasidan so'ng Masharipov qulay vaziyatda noaniq zarba berdi

5. Mezbonlar Jasur Azimovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi.

4. Ixtiyor Toshpo'latovning zarbasini Simich qaytirib qoldi.

2. "Dinamo" ilk daqiqalardanoq qarshi hujumda raqibni jazolashi mumkin edi. Jasur Azimovning to'p oshiridan so'ng, Mirkomil Lokaev zarba berdi, noaniq. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 18:15da boshlanadi.

 

YANGILASH

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика